QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят192

وَلَا يَسْتَطِيعُونَ لَهُمْ نَصْرًا وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda o`zlariga ham yordam bera olmaslar.Ва уларга ёрдам беришга қодир эмаслар ҳамда ўзларига ҳам ёрдам бера олмаслар.Alauddin Mansour: Ular uchun biron yordam qilishga qodir boʻlmaydigan, hatto oʻziga oʻzi yordam qila olmaydigan (narsalarni Allohga sherik qiladilarmi?!)Улар учун бирон ёрдам қилишга қодир бўлмайдиган, ҳатто ўзига ўзи ёрдам қила олмайдиган (нарсаларни Аллоҳга шерик қиладиларми?!)

175-sahifa · 9-juz · 18-hizb175-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасيَسْتَطِيعُونَqodir boʻladilarқодир бўладиларلَهُمْulargaуларгаنَصْرًۭاyordam berishgaёрдам беришгаوَلَآva emasва эмасأَنفُسَهُمْoʻzlarigaўзларигаيَنصُرُونَyordam beradilarёрдам берадилар
TafsirТафсир

Yaʼni, Allohga shirk qilib keltirilayotgan oʻsha narsalari birovga yordam berish u yoqda tursin, hatto oʻziga ham yordam berishga qodir emas.

Ulamolarimiz ushbu oyati karimadan gʻoyat nozik masalani mulohaza qilganlar. Oyat tarkibida arab tili nuqtai nazaridan, aqlli narsalar, yaʼni, insonlar xususida qoʻllaniladigan feʼllar ishlatilgan. Bundan mushriklar Allohga shirk qilib keltirayotgan narsalar umumiy tushunchadagi but va sanamlargina emas, balki odamlardan ham iborat ekani maʼlum boʻladi. Islomdan oldindagi johiliyat paytida esa, odamga sigʻinish boʻlmagan. Demak, bu oʻrinda odamni Allohga shirk keltirish degani odam chiqargan hukmlarga amal qilish deganidir.

Alloh bergan farzandni Alloh yoʻlida, Uning roziligini topadigan, aytganini ado etadigan qilib tarbiyalamaslik, aksincha, bosh- qa yoʻlda, yaʼni, Allohdan oʻzganing roziligini topish uchun, ul Zotdan boshqaning aytganini qiladigan etib tarbiyalash Allohga shirk keltirish demakdir.

Yuqoridagi oyati karimalarda ota-onaning misolida, toʻgʻri yoʻldan chalgʻib shirk koʻchasiga kirib ketishning, na foyda, na zarar va na madad ham bera olmaydigan narsa va shaxslarni Allohga shirk qilib keltirishning oqibatsizligi bayon qilindi, endi bevosita mushriklarga xitob qilinadi: