وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَتَّبِعُوكُمْ ۚ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ أَدَعَوْتُمُوهُمْ أَمْ أَنتُمْ صَـٰمِتُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni da'vat qilasizmi yoki jim turuvchi bo`lasizmi, siz uchun bari bir.Агар уларни ҳидоятга даъват қилсангиз, сизга эргашмаслар. Уларни даъват қиласизми ёки жим турувчи бўласизми, сиз учун бари бир.Alauddin Mansour: Agar ularni (yaʼni, butlarni) hidoyatga chaqirsangiz, sizlarga ergashmaydilar (yaʼni, ular jonsizdirlar). Sizlar uchun ularni chaqirishingiz yoki sukut qilib turishingiz barobardir (yaʼni, baribir ular javob bera olmaydilar).Агар уларни (яъни, бутларни) ҳидоятга чақирсангиз, сизларга эргашмайдилар (яъни, улар жонсиздирлар). Сизлар учун уларни чақиришингиз ёки сукут қилиб туришингиз баробардир (яъни, барибир улар жавоб бера олмайдилар).
Bu oyatda mushriklarning esini joyiga keltirib qoʻyadigan haqiqat bordir: oʻzlari yasab olgan butu sanamlarga eʼtibor koʻzi bilan qarashga chaqiriq bordir.
«Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, sizga ergashmaslar».
Chunki, ularning quloqlari yoʻq, daʼvatni tinglay olmaydilar. Ularning aqllari yoʻq, daʼvatni anglay olmaydilar.
«Ularni daʼvat qilasizmi yoki jim turuvchi boʻlasizmi, siz uchun baribir».
Siz esa, ularni Allohingizga shirk keltirib yuribsiz.