QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят194

إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ ۖ فَٱدْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُوا۟ لَكُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, siz Allohdan o`zga ibodat qilayotganlar o`zingizga o`xshash bandalardir. Agar rostgo`y bo`lsangiz, ularni chaqirib ko`ring, bas, sizga javob bersinlar-chi!Албатта, сиз Аллоҳдан ўзга ибодат қилаётганлар ўзингизга ўхшаш бандалардир. Агар ростгўй бўлсангиз, уларни чақириб кўринг, бас, сизга жавоб берсинлар-чи!Alauddin Mansour: Shubhasiz, Allohdan oʻzga sizlar iltijo qilayotgan narsalar xuddi (sizning) oʻzlaringiz kabi bandadirlar. Bas, agar rostgoʻy boʻlsangizlar, sizlar ularni chaqiringlar, ular sizlarga javob qilsinlar-chi?!Шубҳасиз, Аллоҳдан ўзга сизлар илтижо қилаётган нарсалар худди (сизнинг) ўзларингиз каби бандадирлар. Бас, агар ростгўй бўлсангизлар, сизлар уларни чақиринглар, улар сизларга жавоб қилсинлар-чи?!

175-sahifa · 9-juz · 18-hizb175-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларتَدْعُونَsiz ibodat qilayotganсиз ибодат қилаётганمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳعِبَادٌbandalardirбандалардирأَمْثَالُكُمْ ۖoʻzingizga oʻxshashўзингизга ўхшашفَٱدْعُوهُمْbas, ularni chaqiringбас, уларни чақирингفَلْيَسْتَجِيبُوا۟bas, javob bersinlarбас, жавоб берсинларلَكُمْsizgaсизгаإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Alloh taolo arab mushriklariga ular iltijo va ibodat qilayotgan but va sanamlar haqida maʼlumot bermoqda. Mushriklar «xudo» deb eʼtiqod qilayotgan butu sanamlar ibodatga munosib emaslar, balki ular ham Alloh tomonidan yaratilgan va Uning amrida yuradigan narsalardir. Ularga sigʻingan inson Allohga emas, oʻziga oʻxshagan maxluqqa ibodat qilgan boʻladi.

Agar siz ularni haqiqatda «xudo» deb bilsangiz u (but)larni chaqirib koʻring, bas, sizga javob bersinlar-chi! Albatta, javob bera olmaydilar. Oʻziga «xudo» deb eʼtiqod qilayotgan odamlarning chaqirigʻiga javob bera olmagan narsa qanday qilib Xudo yoki Xudoga sherik boʻla oladi?!