أَلَهُمْ أَرْجُلٌ يَمْشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍ يَبْطِشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌ يُبْصِرُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ ءَاذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ٱدْعُوا۟ شُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنظِرُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qo`llari bormiki, ushlasalar; yoki ko`zlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!Ёки уларнинг оёқлари бормики, юрсалар; ёки қўллари бормики, ушласалар; ёки кўзлари бормики, кўрсалар; ёки қулоқлари бормики, эшитсалар. Сен: «Шерикларингизни чақиринг-да, менга ҳеч муҳлат бермай, зиддимга ҳийла-найранг қилаверинг!Alauddin Mansour: Ularning oyoqlari bormiki, yursalar, yo qoʻllari bormiki tutsalar, yoki koʻzlari bormiki koʻrsalar, yoxud quloqlari bormiki tinglasalar?! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Usha butlaringizni chaqiringlar-da, soʻngra menga (bir lahza) muhlat bermay bor hiyla-nayrangingizni qilaveringlar». (Qanday hunar koʻrsatmang, natijasi hechdir.)Уларнинг оёқлари бормики, юрсалар, ё қўллари бормики тутсалар, ёки кўзлари бормики кўрсалар, ёхуд қулоқлари бормики тингласалар?! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Уша бутларингизни чақиринглар-да, сўнгра менга (бир лаҳза) муҳлат бермай бор ҳийла-найрангингизни қилаверинглар». (Қандай ҳунар кўрсатманг, натижаси ҳечдир.)
Butlarning yuradigan oyoqlari hech qachon boʻlmagan, garchi «bandalari» ularga toshdan yoki yogʻochdan katta-katta oyoq shakllarini yasagan boʻlsalar ham. Shuningdek, butlarning ushlaydigan qoʻllari, koʻradigan koʻzlari va eshitadigan quloqlari yoʻq. Shunday ekan, qanday qilib ular xudo yoki xudoga sherik boʻla oladilar? Hech mumkin emas. Shundan soʻng, Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mushriklarga qarata qoʻyidagi haroratli soʻzlarni aytishni amr qiladi:
«Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!»
Qoʻlingizdan hech narsa kelmaydi. Siz jonsiz, oʻz qoʻlingiz bilan yasab olgan butlaringizga ishonsangiz,
«Albatta mening valiy – egam Kitobni nozil qilgan Allohdir».
U hamma narsaga qodir. U Oʻzi ega boʻlgan bandalarini siz va sizning butlaringizning hiyla-nayranglaridan qutqarib oladi. U kitob nozil qilib, bandalarini toʻgʻri yoʻlga, najot yoʻliga boshlab qoʻygan.
«U solihlarni doʻst tutadir».
Alloh Oʻz doʻstlarini himoya qilib oladi. Ammo sizlarning ahvolingiz ogʻir. Chunki,
«Undan oʻzga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va oʻzlariga ham yordam bera olmaslar».
Oʻzini oʻzi himoya qilishga qodir boʻlmagan narsa boshqani qanday qilib himoya qilsin! Axir, ularning joni yoʻq-ku!
«Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, eshitmaslar».
Chunki, eshitadigan quloqlari yoʻq.
«Ularni senga nazar solib turgandek koʻrasan. Holbuki, ular koʻrmaslar».
Chunki, koʻradigan koʻzlari yoʻq. Ushbu haqiqatlarni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mushriklarning yuzlariga roʻy-rost aytdilar. U zotga ergashgan moʻmin-musulmonlar ham har doim barcha mushriklarga aytib kelishmoqda. Bundan keyin ham aytaveradilar.
«Aʼrof» surasining soʻngida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va barcha moʻmin-musulmonlarga quyidagi ilohiy koʻrsatmalar nozil etiladi: