وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَسْمَعُوا۟ ۖ وَتَرَىٰهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ وَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek ko`rasan. Holbuki, ular ko`rmaslar», – deb ayt.Агар уларни ҳидоятга даъват қилсангиз, эшитмаслар. Уларни сенга назар солиб тургандек кўрасан. Ҳолбуки, улар кўрмаслар», – деб айт.Alauddin Mansour: Agar ularni hidoyatga chorlasangiz, eshitmaydilar. Ular oʻzlari koʻrmagan hollarida sizga (boqib) turganlarini koʻrursiz.Агар уларни ҳидоятга чорласангиз, эшитмайдилар. Улар ўзлари кўрмаган ҳолларида сизга (боқиб) турганларини кўрурсиз.
Butlarning yuradigan oyoqlari hech qachon boʻlmagan, garchi «bandalari» ularga toshdan yoki yogʻochdan katta-katta oyoq shakllarini yasagan boʻlsalar ham. Shuningdek, butlarning ushlaydigan qoʻllari, koʻradigan koʻzlari va eshitadigan quloqlari yoʻq. Shunday ekan, qanday qilib ular xudo yoki xudoga sherik boʻla oladilar? Hech mumkin emas. Shundan soʻng, Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mushriklarga qarata qoʻyidagi haroratli soʻzlarni aytishni amr qiladi:
«Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!»
Qoʻlingizdan hech narsa kelmaydi. Siz jonsiz, oʻz qoʻlingiz bilan yasab olgan butlaringizga ishonsangiz,
«Albatta mening valiy – egam Kitobni nozil qilgan Allohdir».
U hamma narsaga qodir. U Oʻzi ega boʻlgan bandalarini siz va sizning butlaringizning hiyla-nayranglaridan qutqarib oladi. U kitob nozil qilib, bandalarini toʻgʻri yoʻlga, najot yoʻliga boshlab qoʻygan.
«U solihlarni doʻst tutadir».
Alloh Oʻz doʻstlarini himoya qilib oladi. Ammo sizlarning ahvolingiz ogʻir. Chunki,
«Undan oʻzga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va oʻzlariga ham yordam bera olmaslar».
Oʻzini oʻzi himoya qilishga qodir boʻlmagan narsa boshqani qanday qilib himoya qilsin! Axir, ularning joni yoʻq-ku!
«Agar ularni hidoyatga daʼvat qilsangiz, eshitmaslar».
Chunki, eshitadigan quloqlari yoʻq.
«Ularni senga nazar solib turgandek koʻrasan. Holbuki, ular koʻrmaslar».
Chunki, koʻradigan koʻzlari yoʻq. Ushbu haqiqatlarni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mushriklarning yuzlariga roʻy-rost aytdilar. U zotga ergashgan moʻmin-musulmonlar ham har doim barcha mushriklarga aytib kelishmoqda. Bundan keyin ham aytaveradilar.
«Aʼrof» surasining soʻngida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va barcha moʻmin-musulmonlarga quyidagi ilohiy koʻrsatmalar nozil etiladi: