QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят199

خُذِ ٱلْعَفْوَ وَأْمُرْ بِٱلْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْجَـٰهِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechirimli bo`l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o`gir.Кечиримли бўл, яхшиликка буюр ва жоҳиллардан юз ўгир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), marhamatli boʻling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz oʻgiring!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), марҳаматли бўлинг, яхшиликка буюринг ва жоҳиллардан юз ўгиринг!

176-sahifa · 9-juz · 18-hizb176-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
خُذِol (tut)ол (тут)ٱلْعَفْوَkechirimni (afvni)кечиримни (афвни)وَأْمُرْva buyurва буюрبِٱلْعُرْفِyaxshilikkaяхшиликкаوَأَعْرِضْva yuz oʻgirва юз ўгирعَنِ-dan-данٱلْجَـٰهِلِينَjohillarжоҳиллар
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻzaro muomala-munosabatda kechirimli boʻl, oson yoʻlni tut. Odamlarga nisbatan oʻta talabchan boʻlma. Qilgan xatolarini afv etuvchi, keng bagʻirli boʻl.

Haqiqatan ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu sifatni muborak shaxslarida mujassam qilgan edilar. Ul zot haqidagi rivoyatlarda kishini hayron qoldirarli darajadagi holatlar zikr etilgan. Ul zotning sahobai kiromlari, haqiqiy moʻmin-musulmonlar ham doimo oyati karimada taʼkidlanganidek boʻlishga, ana shu qoida asosida yashashga astoydil harakat qilganlar.

«Yaxshilikka buyur».

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning daʼvatlari yaxshilikka buyuradigan daʼvatdir. Islom dinida yaxshilikka buyurish har bir musulmon er va muslima ayolga farz qilingandir.

«Johillardan yuz oʻgir».

Johillik nodonlik, ilmsizlikdir. Islom musulmonlarni nodonlik va nodonlardan, ilmsizlik va ilmsizlardan yuz oʻgirishga, har qachon donolik va donolarga, ilmu ulamolarga yuz tutishga daʼvat qiladi.