وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ نَزْغٌ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so`ra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko`ruvchi Zotdir.Агар сенга шайтон томонидан санчиш санчилса, Аллоҳдан паноҳ сўра. Албатта, У яхши эшитувчи ва яхши кўрувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar sizni shaytonning vasvasasi yoʻldan urmoqchi boʻlsa, Allohdan panoh soʻrang! Albatta, U eshituvchi, bilguvchidir.Агар сизни шайтоннинг васвасаси йўлдан урмоқчи бўлса, Аллоҳдан паноҳ сўранг! Албатта, У эшитувчи, билгувчидир.
Yaʼni, johillar bilan muomala qilish mushkul ish. Ulardan har narsani kutish mumkin. Mabodo, oʻshanday muomala chogʻida biror koʻngilsizlik sodir boʻlib, shayton vasvasa qiladigan boʻlsa, qizishmasdan, darhol Allohdan panoh soʻra. U eng yaxshi eshitguvchi Zot, soʻrovingga darhol javob beradi. U eng yaxshi koʻrguvchi Zot, hamma narsani koʻrib turibdi. Oʻzi bilib hisob-kitob qiladi.