إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ إِذَا مَسَّهُمْ طَـٰٓئِفٌ مِّنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ تَذَكَّرُوا۟ فَإِذَا هُم مُّبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko`ribsanki, ular (to`g`ri yo`lni) ko`ruvchi bo`lib turibdilar.Тақво қилувчилар, агар уларга шайтондан бир шарпа етса, албатта, зикр қиларлар, бас, кўрибсанки, улар (тўғри йўлни) кўрувчи бўлиб турибдилар.Alauddin Mansour: Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (Toʻgʻri Yoʻlni) koʻra boshlaydilar.Тақво қилгувчи зотларни қачон шайтон томонидан бирон васваса ушласа, (Аллоҳни) эслайдилар, бас (Тўғри Йўлни) кўра бошлайдилар.
Suraning avvalida shayton qanday yoʻl bilan Odam alayhissalomni jannatdan chiqarishga erishgani, shuningdek, shaytonning vasvasasi Odam bolasi taqdirida toʻxtovsiz davom etib turishi ham aytib oʻtilgan edi. Lekin shayton nima qilganda ham vasvasadan nariga oʻta olmaydi. Agar oʻzicha bilib harakat qilsa, har bir inson uchun shaytonning vasvasasidan qutulishning oson yoʻli bor. Buning uchun u moʻmin-musulmon, taqvodor boʻlsa boʻldi.
Mazkur
«Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, adbatta, zikr qilarlar» (yaʼni, ularga shaytoning vasvasasi yetsa, darhol Allohni zikr qiladilar).
«...bas, koʻribsanki, ular (toʻgʻri yoʻlni) koʻruvchi boʻlib turibdilar».
Allohni zikr qilish, har doim eslab yurish shaytonga qarshi eng ishonchli va kuchli quroldir.
Demak, shaytondan biror bir sharpa (vasvasa, igʻvo va gʻazab) yetishi jaholat, koʻrlik va nodonlikka boshlaydi. Allohning zikri esa, ilm-maʼrifat, koʻzi ochiqlik va oqillik manbaidir.
Ammo, shayton birodarlarining ahvoli boshqacha: