كِتَـٰبٌ أُنزِلَ إِلَيْكَ فَلَا يَكُن فِى صَدْرِكَ حَرَجٌ مِّنْهُ لِتُنذِرَ بِهِۦ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, senga u ila ogohlantirishing uchun va mo`minlarga eslatma etib nozil qilingan kitobdir. Ko`nglingda undan tanglik bo`lmasin.Бу, сенга у ила огоҳлантиришинг учун ва мўминларга эслатма этиб нозил қилинган китобдир. Кўнглингда ундан танглик бўлмасин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, bu Qurʼon) sizga uning yordamida kofirlarni (Allohning azobidan) ogohlantirishingiz uchun nozil qilingan Kitobdir — bas, koʻnglingizda u sababli tanglik (shubhalanish) boʻlmasin! — va u moʻminlar uchun bir eslatmadir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, бу Қуръон) сизга унинг ёрдамида кофирларни (Аллоҳнинг азобидан) огоҳлантиришингиз учун нозил қилинган Китобдир — бас, кўнглингизда у сабабли танглик (шубҳаланиш) бўлмасин! — ва у мўминлар учун бир эслатмадир.
Alloh taolo Paygʻambari Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qurʼoni Karim ila hech narsaga eʼtibor bermay kofirlarni ogohlantiraverishni va moʻminlarga eslatma berishni amr qilmoqda. Chunki, odamlarga Qurʼon ila murojaat qilish oson emas. Bu yoʻlda koʻpgina qiyinchiliklar kelib chiqadi. Qurʼoni Karimni odamlarga yetkazishga uringan kishi ularning havoyi nafs-lariga, shahvatlariga, mansablariga, ijtimoiy oʻrinlariga, urflariga va koʻngillariga yoqadigan boshqa narsalarga qarshi gapirishi kerak boʻladi. Shuning uchun ham, bu yoʻlda tanglik koʻp chiqadi. Zolim hokimlar haqidagi oyatlarni yetkazgan daʼvatchiga hokimlar «Menga suiqasd qilmoqda, oʻrnimni tortib olmoqchi»,–deb tuhmat qiladi. Oʻgʻrining qoʻlini kesish haqidagi oyatlarni yetkazgan daʼvatchi oʻgʻrilardan ozor koʻradi. Namoz haqidagi oyatlarni yetkazgan kimsa benamozlardan tanglik koʻradi. Ayollarga tegishli oyatlarni yetkazgan odam ayollardan taʼnai-dashnomlarga qoladi. Bu hol Qurʼ-oni Karim nozil boʻlgandan buyon musulmonlar boshida roʻy berayotgan holdir.
Endi, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻzlari yolgʻiz yoki bir qismgina iymonli kishilar bilan butun olamdan qanchalik tanglik koʻrganlarini tasavvur qilaylik. Shunday boʻlsa ham, Alloh taolo u kishining koʻngillarida tanglik boʻlmasligi zarurligini taʼkidlamoqda. U zoti bobarakot sollallohu alayhi vasallamning ummatlari koʻnglida ham hech qanday tanglik boʻlmasligi kerak. Ular Qurʼonga jazm ila amal qilishga oʻtmoqlari lozim.