QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят3

ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — do`stlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar.Сизларга Роббингиздан нозил қилинган нарсага эргашинглар! Ундан бошқа валий — дўстларга эргашманглар. Жуда оз эслайсизлар.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), sizlarga Parvardigoringizdan nozil qilingan narsaga (Kitobga) ergashingiz, undan oʻzga «doʻstlarga» ergashmangiz! Kamdan-kam pand-nasihat olursizlar.(Эй инсонлар), сизларга Парвардигорингиздан нозил қилинган нарсага (Китобга) эргашингиз, ундан ўзга «дўстларга» эргашмангиз! Камдан-кам панд-насиҳат олурсизлар.

151-sahifa · 8-juz · 16-hizb151-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱتَّبِعُوا۟ergashinglarэргашингларمَآnarsagaнарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْكُمsizlargaсизларгаمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizdanРоббингизданوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعُوا۟ergashinglarэргашингларمِن-dan-данدُونِهِۦٓUndan boshqaУндан бошқаأَوْلِيَآءَ ۗvaliy-doʻstlargaвалий-дўстларгаقَلِيلًۭاjuda ozжуда озمَّاnarsaнарсаتَذَكَّرُونَeslaysizlarэслайсизлар
TafsirТафсир

Insonlar bu dunyoda ergashmogʻi lozim boʻlgan birdan-bir narsa oʻz Robbilaridan–tarbiyachilari, yoʻllovchilari, egalari, rizq beruvchilari va homiylari Allohdan nozil boʻlgan Qurʼondir.

Insonlar Allohdan boshqa hech qanday doʻstga ergashmasliklari kerak. Chunki, Allohdan boshqaga ergashgan kishi najot topmaydi. Ammo, ming afsuski, gʻofil insonlar buni anglamaydilar. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularga xitob qilib:

«Juda oz eslaysizlar», demoqda.

Tarixda esa, oz eslaganlar–Allohdan nozil boʻlgan narsaga ergashmay, Allohdan oʻzgani doʻst tutganlar halokatga yoʻliqishgan.

Isyonning oqibati qanday boʻlishini quyidagi oyatlar bayon qiladi: