وَكَم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَا فَجَآءَهَا بَأْسُنَا بَيَـٰتًا أَوْ هُمْ قَآئِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi.Қанчадан-қанча шаҳар-қишлоқларни ҳалок қилдик. Бас, азобимиз уларга тун уйқусида ёки кун уйқусида келди.Alauddin Mansour: (Bizning amrimizga itoat qilmagan) qanchadan-qancha qishloqni halok qildik — bas, ularga azobimiz tun uyqusida yoki tush uyqusida (yaʼni, kunduzi) keldi.(Бизнинг амримизга итоат қилмаган) қанчадан-қанча қишлоқни ҳалок қилдик — бас, уларга азобимиз тун уйқусида ёки туш уйқусида (яъни, кундузи) келди.
Yaʼni, Alloh taolo isyon qilgan koʻplab qavmlarni halokatga uchratgan. Odatda, ularga Allohning azobi kechasi yoki kunduzi uxlab yotgan vaqtlarida, gʻaflatning choʻqqisiga chiqqanlarida kelgan.