QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят204

وَإِذَا قُرِئَ ٱلْقُرْءَانُ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'on tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.Қуръон тиловат қилганда, уни тингланглар ва жим туринглар, шояд, раҳматга эришсангиз.Alauddin Mansour: Qachonki Qurʼon qiroat qilinsa, unga quloq tutingiz va jim turingiz — shoyad (Alloh tarafidan) rahmatga sazovor boʻlsangizlar.Қачонки Қуръон қироат қилинса, унга қулоқ тутингиз ва жим турингиз — шояд (Аллоҳ тарафидан) раҳматга сазовор бўлсангизлар.

176-sahifa · 9-juz · 18-hizb176-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиقُرِئَtilovat qilinsaтиловат қилинсаٱلْقُرْءَانُQurʼonҚуръонفَٱسْتَمِعُوا۟bas, tinglanglarбас, тинглангларلَهُۥuniуниوَأَنصِتُوا۟va jim turinglarва жим турингларلَعَلَّكُمْshoyad sizlarшояд сизларتُرْحَمُونَrahmatga erishsangizраҳматга эришсангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatdan ulamolarimiz Qurʼoni Karim tilovat qilinganda unga jim turib quloq osish vojibligi haqidagi hukmni chiqarganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari esa, namozda imom qiroat qilganida, iqtido qiluvchilar jim quloq osishi lozim, deb hukm chiqarganlar. Umuman, Qurʼon Allohning kalomi, uni oʻqish, tinglash, oʻrganish va unga amal qilish zaruriy ishdir. Har birining oʻziga yarasha zarurati va halovati bor.

Ushbu oyati karimani oʻrganar ekanmiz, beixtiyor, keyingi paytlarda Qurʼoni Karim boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy teshirishlar haqidagi maʼlumotlar xotirga tushadi. Ilm taraqqiy etgan yurtlardan birida insonning ruhiy oʻzgarishlarini oʻrganayotgan olimlar qiziqarli bir tajriba oʻtkazganlar. Ular tajriba uchun toʻrt kishini olganlar. Ularning biri arab boʻlib, oʻz tilini yaxshi biladigan eʼtiqodli musulmon; ikkinchisi, oʻz tilini yaxshi biladigan arab, ammo musulmon emas; uchinchisi, eʼtiqodli musulmon, ammo arab tilini bilmaydi; toʻrtinchisi esa, arab tilini ham bilmaydi, musulmon ham emas. Tajriba oʻtkazuvchi olimlar bularning toʻrtovlariga ham Qurʼoni Karim tilovatini eshittirib, ularda sodir boʻlayotgan ruhiy oʻzgarishlarni kuzatganlarida, hammalarida ajoyib bir oʻzgarish sodir boʻlayotganini kashf qilganlar.

Bundan bir ming toʻrt yuz yil avval ham arab mushriklarining odamlarni Qurʼon eshitishdan qattiq man qilib qoʻyishlari, eshitgan odamning unga ergashib ketishidan qoʻrqishlari bejiz emas ekan. Odamlarni Qurʼon tinglashdan man qilgan Quraysh zodagonlarining bir- biridan berkinib, tunlari Qurʼon tilovatiga quloq osishlari ham bejiz emas ekan. Bugungi kunning xudosizlari ham, odamlar maʼnosini tushunmasa-da, ularning qoʻllaridan Qurʼonlarini tortib olishlari, Qurʼon tilovatini butunlay man qilishlari ham bejiz emas ekan.

Qurʼon ahli boʻlish baxtiga erishgan, shayton vasvasasidan saqlanmoqchi boʻlgan kishilarga Alloh taolo quyidagicha amr qiladi: