QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят203

وَإِذَا لَمْ تَأْتِهِم بِـَٔايَةٍ قَالُوا۟ لَوْلَا ٱجْتَبَيْتَهَا ۚ قُلْ إِنَّمَآ أَتَّبِعُ مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ مِن رَّبِّى ۚ هَـٰذَا بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar ularga mo`'jiza keltirmasang, «O`zing to`qib qo`yavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.Ва агар уларга мўъжиза келтирмасанг, «Ўзинг тўқиб қўявермайсанми?» – дерлар. Сен: «Мен фақат Роббимдан ваҳий қилинган нарсага эргашаман, холос. Мана бу — иймон келтирувчи қавм учун Роббингиздан кўз очувчи, ҳидоят ва раҳматдир», деб айт.Alauddin Mansour: Qachon ularga biron oyat keltirmasangiz, «Oʻzing toʻqiy qolmaysanmi?», deyishadi. Ayting: «Men faqat Parvardigorimdan kelgan vahiygagana ergashurman. Bu (Qurʼon) iymon keltiradigan qavm uchun Parvardigoringiz tarafidan koʻrsatma, hidoyat va rahmatdir».Қачон уларга бирон оят келтирмасангиз, «Ўзинг тўқий қолмайсанми?», дейишади. Айтинг: «Мен фақат Парвардигоримдан келган ваҳийгагана эргашурман. Бу (Қуръон) иймон келтирадиган қавм учун Парвардигорингиз тарафидан кўрсатма, ҳидоят ва раҳматдир».

176-sahifa · 9-juz · 18-hizb176-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиلَمْemasэмасتَأْتِهِمularga keltirsangуларга келтирсангبِـَٔايَةٍۢmoʻʼjizaмўъжизаقَالُوا۟deydilarдейдиларلَوْلَاnegaнегаٱجْتَبَيْتَهَا ۚoʻzing toʻqib qoʻymaysanўзинг тўқиб қўймайсанقُلْaytайтإِنَّمَآfaqatфақатأَتَّبِعُergashamanэргашаманمَاnarsagaнарсагаيُوحَىٰٓvahiy qilinganваҳий қилинганإِلَىَّmengaменгаمِن-dan-данرَّبِّى ۚRobbimРоббимهَـٰذَاmana buмана буبَصَآئِرُkoʻz ochuvchi (hujjatlar)кўз очувчи (ҳужжатлар)مِن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizРоббингизوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятوَرَحْمَةٌۭva rahmatва раҳматلِّقَوْمٍۢqavm uchunқавм учунيُؤْمِنُونَiymon keltiruvchiиймон келтирувчи
TafsirТафсир

Maʼlumki, daʼvo qilingan moʻʼjiza keltirilgandan soʻng ham iymonga kelmagan daʼvogar qavmni oxirigacha halok qilib bitirish Alloh taoloning odati. Oxirgi ummat boʻlmish Ummati Muhammadiyyani bunday azobga duchor qilish Allohning irodasida yoʻq. Shuning uchun, mushriklarning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan moʻʼjiza keltirish haqidagi talablariga javob berilmagan. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu chirkin moʻʼjizaparastlarga, Alloh siz talab qilgan moʻʼjizani yuborishni iroda qilmagan, desalar, ular, oʻsha moʻʼjizani «Oʻzing toʻqib qoʻyavermaysanmi?»–deydilar.

«Va agar ularga moʻʼjiza keltirmasang, «Oʻzing toʻqib qoʻyavermaysanmi?» – derlar».

Bu gaplar ularning nechogʻli nodon, nechogʻli kaltafahm ekanlarini koʻrsatib turibdi. Oʻzlarining buzgʻunchilik, kufr va Allohga nisbatan yolgʻon toʻqishlari yetmaganidek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham yolgʻondan moʻʼjiza toʻqib, Allohga nisbat berishni taklif qilmoqdalar. Ular Paygʻambarlik vazifasini ham tushunishni xohlamaydilar. Holbuki, oʻzidan bir narsani toʻqib, Allohga nisbat berish katta jinoyat, Paygʻambarga toʻgʻri kelmaydigan ish. Ushbu haqiqatni ularga tushuntirish uchun Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga quyidagilarni aytish amr etilyapti:

«Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos».

Oʻzimdan bir narsani toʻqimayman. Taklif qilib kiritmayman. Sizga oʻxshaganlarning gaplariga ham yurmayman.

«Mana bu – iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan koʻz ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.

Yaʼni, ushbu Qurʼon, siz talab qilayotgan barcha moddiy moʻʼjizalardan ustun turadigan maʼnaviy moʻʼjizadir. Uning moʻʼjizaligini anglab yetish uchun kishida iymon boʻlishi kerak. Ana oʻshandagina ushbu Qurʼoni Karim uning uchun Koʻz ochuvchiga aylanadi–hamma sohada koʻzini ochib qoʻyadi. Eng muhimi, qalb koʻzini ochadi.

Shu bilan birga, ushbu Qurʼoni Karim Hidoyatdir: undan boshqadan hidoyat izlagan adashadi. Hidoyatning hammasi, eng oliysi shu Qurʼondir. Kim hidoyat izlasa, Qurʼondan izlasin, topadi.

Yana, bu Qurʼon Rahmatdir. Rahmat boʻlganda ham, Robbil Olamiyndan boʻlgan rahmatdir. Bu dunyo va u dunyo uchun ham rahmatdir. Insonlar bu ulkan haqiqatni tushunib yetmoqlari lozim. Bas, shunday boʻlganidan keyin: