QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят24

قَالَ ٱهْبِطُوا۟ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَـٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Bir-biringizga dushman bo`lgan holingizda tushinglar. Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va ma'lum vaqtgacha foydalanish bor», – dedi.У зот: «Бир-бирингизга душман бўлган ҳолингизда тушинглар. Сизларга ер юзида қароргоҳ бор ва маълум вақтгача фойдаланиш бор», – деди.Alauddin Mansour: Alloh aytdi: «Bir-biringizga (yaʼni, shayton insonga, inson shaytonga) dushman boʻlgan holingizda (jannatdan) tushingiz! Endi sizlar uchun maʼlum bir vaqtgacha (yaʼni, ajalingiz yetguncha) Yerda qaror topib foydalanish bor.Аллоҳ айтди: «Бир-бирингизга (яъни, шайтон инсонга, инсон шайтонга) душман бўлган ҳолингизда (жаннатдан) тушингиз! Энди сизлар учун маълум бир вақтгача (яъни, ажалингиз етгунча) Ерда қарор топиб фойдаланиш бор.

153-sahifa · 8-juz · 16-hizb153-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَ(Alloh) dedi(Аллоҳ) дедиٱهْبِطُوا۟tushinglarтушингларبَعْضُكُمْbaʼzingizбаъзингизلِبَعْضٍbaʼzingizgaбаъзингизгаعَدُوٌّۭ ۖdushman boʻlgan holdaдушман бўлган ҳолдаوَلَكُمْva sizlargaва сизларгаفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаمُسْتَقَرٌّۭqarorgoh borқароргоҳ борوَمَتَـٰعٌva foydalanish borва фойдаланиш борإِلَىٰ-gacha-гачаحِينٍۢmaʼlum vaqtgachaмаълум вақтгача
TafsirТафсир

Alloh taolo Odam, Havo va Iblisni jannatdan yer yuziga tushishga amr qildi.

Juda qadim davrlardan boshlab, oʻsha jannat qayerda edi, qanday edi, kabi savollar va ularga javoblar gʻoyat koʻp boʻlgan. Bunga talay umr, zakovat, vaqt va boshqa imkoniyatlar zoye etilgan. Bugun ham bu masalalalarda «yoqa boʻgʻishaman» deganlar xohlagancha topiladi. Ammo, ular bu ilohiy sirning soʻngiga yeta olmaydilar. Farazan, yetsalar ham, bundan nima foyda? Agar oʻsha jannatning qayerda ekanini, unda shayton alayhi laʼna qay holda Odam Ato bilan Momo Havoga qutqu solganini aynan bilish musulmonlarga manfaatli boʻlganida, Alloh taoloning Oʻzi bundan ogoh etar yoxud izlab topishga amr qilar edi. Alloh taolo bunday qilmadi. Demak, uni topishga urinishning hech qanday hojati yoʻq. Muhimi, ularning jannatdan yer yuziga tushishlari ekan, Alloh Oʻz kitobida bu haqda zikr qildi. Ana shuni bilsak boʻldi. Ular jannatdan yer yuziga tushirilganlarida:

«Bir-biringizga dushman boʻlgan holingizda tushinglar»,–deya amr boʻldi.

Yaʼni, Odam alayhissalom bilan shayton alayhi laʼna yer yuziga bir-birlariga dushman boʻlgan hollarida tushdilar va qiyomatga dovur dushman boʻlib qoldilar. Shayton odamning sababidan sajdadan bosh tortib, Allohning laʼnatiga duchor boʻldi va qiyomatgacha uni igʻvo qilishga ahd qildi. Uning tabiati yomonlikdangina iborat. U doimo Odamga dushmanlik qiladi.

Odam shaytonning vasvasasiga uchib, Alloh oldida gunohkor boʻldi. Soʻngra, tavba qilib, Allohga iltijo etdi. Demak, Odamning asl tabiatida yaxshilik ham, yomonlik ham bor. Yaxshilik yoʻlini tutsa, Allohning amriga boʻysunib, shaytondan yuz buradi. Yomonlikni ishga solsa, shaytonning yoʻlidan yuradi. Qiyomatgacha shunday boʻlib qolaveradi. Alloh ularga shuni ravo koʻrgan:

«Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va maʼlum vaqtgacha foydalanish bor».

Ular qiyomatgacha yer yuzida yashab, undagi bor neʼmatlardan rizqlanib turadilar. Alloh taolo Odam bolalarining yer yuzida istiqomat qilib, umri tugagach oʻlib, qayta tirilishlariga ishora etarkan:

«Unda hayot kechirasizlar, unda oʻlasizlar va undan qayta chiqarilasizlar, – dedi».

Shunday boʻlmogʻi muqarrar. Qayta tirilganlarida yer yuzida qilgan amallari evaziga mukofot yoxud jazo oladilar, jannat yoki doʻzaxga doxil boʻladilar.

Alloh taolo Odam bolasini yer yuzida xohlagancha kuningni koʻraver, deb oʻz holiga tashlab qoʻygan emas, balki unga eng zarur neʼmatlarni ato aylagan: