QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят23

قَالَا رَبَّنَا ظَلَمْنَآ أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz o`zimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag`firat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon ko`rganlardan bo`lamiz», – dedilar.Икковлари: «Эй Роббимиз, биз ўзимизга зулм қилдик. Агар Сен бизни мағфират қилмасанг ва бизга раҳим қилмасанг, албатта, зиён кўрганлардан бўламиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Parvardigoro, bizlar oʻz jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni magʻfirat va rahm qilmasang, shubhasiz, ziyon koʻrguvchilardan boʻlib qolurmiz», dedilar.Улар: «Парвардигоро, бизлар ўз жонимизга жабр-зулм қилдик. Агар бизларни мағфират ва раҳм қилмасанг, шубҳасиз, зиён кўргувчилардан бўлиб қолурмиз», дедилар.

153-sahifa · 8-juz · 16-hizb153-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَاikkovlari dedilarикковлари дедиларرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизظَلَمْنَآzulm qildikзулм қилдикأَنفُسَنَاoʻzimizgaўзимизгаوَإِنva agarва агарلَّمْemasэмасتَغْفِرْmagʻfirat qilsangмағфират қилсангلَنَاbizniбизниوَتَرْحَمْنَاva bizga rahm qilsangва бизга раҳм қилсангلَنَكُونَنَّalbatta, boʻlamizалбатта, бўламизمِنَ-dan-данٱلْخَـٰسِرِينَziyon koʻrganlardanзиён кўрганлардан
TafsirТафсир

Ular, Iblis alayhi laʼna kabi, gunoh qilib qoʻyib, yana takabburlik bilan bahona axtarib, oʻzlarini oqlash va daʼvo qilishga zoʻr bermadilar. Balki, najot yoʻlini ixtiyor qildilar. Darhol ayblarini boʻyinlariga olib, gunohlariga iqror boʻldilar. Oʻzlarini xoru haqir tutdilar. Allohning Oʻzi gunohlarini kechmasa, ularga rahim qilmasa, ahvollari chatoq boʻlishini ochiq-oydin aytdilar. Aslida, insonning najot topishiga omil boʻlgan hodisaning oʻzi–shu. Chunki, shayton alayhi laʼna ham, inson ham dastavval xatoga yoʻl qoʻydilar. Ammo, oqibat natija ikki xil boʻlib chiqdi. Shayton laʼnatga giriftor boʻldi. Inson rahmatga erishdi. Ularning bu martabalariga gunohdan keyingi holatlari sabab boʻldi. Gunohkor shayton keyin ham kibru havoni tark etmadi. Gunohiga iqror boʻlib, tavba qilmadi. Boz ustiga, oʻz qilmishini toʻgʻri deb daʼvo qildi. Odam esa, darhol tavba qildi va Alloh taolodan madad istadi. Shunday qilib, har ikkovining ham haqiqiy tabiati yuzaga chiqdi. Xususiyatlari namoyon boʻldi. Shundan soʻng, Alloh taolo Odam, Havo va Iblisga xitob qilib: