QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят22

فَدَلَّىٰهُمَا بِغُرُورٍ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا ٱلشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَنَادَىٰهُمَا رَبُّهُمَآ أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَن تِلْكُمَا ٱلشَّجَرَةِ وَأَقُل لَّكُمَآ إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ لَكُمَا عَدُوٌّ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib ko`rishganda, avratlari o`zlariga ko`rinib qoldi va o`zlariga jannat barglaridan to`siq to`qiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana o`sha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi.Бас, уларни алдов ила паст(ҳолат)га туширди. Икковлари дарахтдан татиб кўришганда, авратлари ўзларига кўриниб қолди ва ўзларига жаннат баргларидан тўсиқ тўқий бошладилар. Шунда, Роббилари уларга нидо қилиб: «Сизларни ана ўша дарахтдан қайтарган эмасмидим ва, албатта, шайтон икковингизга очиқ-ойдин душмандир, демаганмидим?!» – деди.Alauddin Mansour: Bas, aldov bilan ularni (tuban holatga) tushirib qoʻydi. Oʻsha daraxtdan totib koʻrishlari bilanoq avratlari ochilib qoldi va oʻzlarini jannat yaproqlari bilan toʻsa boshladilar. (Shunda) ularga Parvardigorlari nido qilib (dedi): «Sizlarni bu daraxtdan qaytarmaganmidim va albatta shayton sizlarning ochiq dushmaningiz demaganmidim?!»Бас, алдов билан уларни (тубан ҳолатга) тушириб қўйди. Ўша дарахтдан тотиб кўришлари биланоқ авратлари очилиб қолди ва ўзларини жаннат япроқлари билан тўса бошладилар. (Шунда) уларга Парвардигорлари нидо қилиб (деди): «Сизларни бу дарахтдан қайтармаганмидим ва албатта шайтон сизларнинг очиқ душманингиз демаганмидим?!»

152-sahifa · 8-juz · 16-hizb152-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَدَلَّىٰهُمَاbas, ikkovlarini tushirdiбас, икковларини туширдиبِغُرُورٍۢ ۚaldov ilaалдов илаفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиذَاقَاikkovlari tatib koʻrishgandaикковлари татиб кўришгандаٱلشَّجَرَةَdaraxtdanдарахтданبَدَتْkoʻrinib qoldiкўриниб қолдиلَهُمَاoʻzlarigaўзларигаسَوْءَٰتُهُمَاavratlariавратлариوَطَفِقَاva ikkovlari boshladilarва икковлари бошладиларيَخْصِفَانِtoʻqishniтўқишниعَلَيْهِمَاoʻzlarigaўзларигаمِن-dan-данوَرَقِbarglaridanбарглариданٱلْجَنَّةِ ۖjannatningжаннатнингوَنَادَىٰهُمَاva ikkovlariga nido qildiва икковларига нидо қилдиرَبُّهُمَآRobbilariРоббилариأَلَمْemasmidimэмасмидимأَنْهَكُمَاikkovingizni qaytarganикковингизни қайтарганعَن-dan-данتِلْكُمَاana oʻshaана ўшаٱلشَّجَرَةِdaraxtdanдарахтданوَأَقُلva demaganmidimва демаганмидимلَّكُمَآikkovingizgaикковингизгаإِنَّalbattaалбаттаٱلشَّيْطَـٰنَshaytonшайтонلَكُمَاikkovingizgaикковингизгаعَدُوٌّۭdushmandirдушмандирمُّبِينٌۭochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Shayton maqsadiga yetdi. Nishonga bexato urdi. Odam Ato va Momo Havoni aldab, oʻz yoʻliga soldi va nihoyat ularni gunohkor qilib, martabasini pastlatdi. To oʻsha damgacha ularning avratlari berk yaratilgani uchun koʻrinmas edi. Shaytoning igʻvosiga uchib,

«Ikkovlari daraxtdan tatib koʻrishganda, avratlari oʻzlariga koʻrinib qoldi».

Bu ularning gunohkorlik va aybdorlik belgisi boʻldi. Ularning nigohi bir-birovlarining avratiga tushdi. Buni sezishlari bilan darhol:

«...oʻzlariga jannat barglaridan toʻsiq toʻqiy boshladilar».

Yaʼni, ular barglarni bir-biriga ulab, avratlarini toʻsdilar. Ana shunday hijolatli va sharmandali holda turganlarida:

«Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana oʻsha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq- oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi».

Yaʼni, Alloh taolo Odam va Havoga taʼqiqlangan ishni qilib, gunohkor boʻlganlarini bildirib, itob etdi. Burun, Iblis alayhilaʼnaga ham amrini bajarmaganini eslatib, itob qilgan edi. Ammo Odam bilan Havo oʻzlarini Iblis alayhi laʼna kabi tutmadilar, ikkovlari darhol gunohlariga iqror boʻldilar va: