وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir ummatning ajali bor. Ajallari kelgan vaqtida biror soatga ketga ham, oldinga ham sura olmaslar.Ҳар бир умматнинг ажали бор. Ажаллари келган вақтида бирор соатга кетга ҳам, олдинга ҳам сура олмаслар.Alauddin Mansour: Har bir jamoat — qavm uchun ajal bordir. Bas, qachon ularga ajallari kelsa, uni biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar.Ҳар бир жамоат — қавм учун ажал бордир. Бас, қачон уларга ажаллари келса, уни бирон соатга кетга ҳам, илгарига ҳам сура олмайдилар.
Dunyoga kelgan har bir shaxsning belgilik ajali boʻlib, oʻsha ajal kelganda bu dunyoni, albatta, tark etishi haqiqat. Shuningdek, olamdagi har bir ummat–xalq va qavmning ham belgilik ajali bor. Bu ajal muqarrar suratda, oʻz vaqtida keladi. Uni na biror soat oldinga, na biror soat ortga sura oladilar.
Keyingi oyat bilan boshlanadigan Odam bolalariga qilingan toʻrtinchi nidoda yuqorida zikr qilingan holatdan kelib chiqib, har kim oʻzini, oʻzligini anglab, Alloh koʻrsatgan yoʻlni topib yurishi qatʼiy lozimligi uqtiriladi: