قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّىَ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَٱلْإِثْمَ وَٱلْبَغْىَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَأَن تُشْرِكُوا۟ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَـٰنًا وَأَن تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan, xolos», – deb ayt.Сен: «Роббим фақатгина ошкора ва яширин фаҳш ишларни, гуноҳларни, ноҳақ тажовузкорликни ва Аллоҳга ҳеч қандай ҳужжат туширмаган нарсаларни шерик қилиб олишингизни ҳамда Аллоҳга нисбатан билмаган нарсани айтишни ҳаром қилган, холос», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Parvardigorim faqatgina oshkor va yashirin buzuqliklarni, (barcha) gunoh ishlarni, nohaq zulm qilishni va Allohga (sherik ekanligiga) hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni Unga sherik qilib olishingizni hamda Alloh shaʼniga bilmaydigan narsalarni gapirishingizni harom qilgan, xolos.Айтинг: «Парвардигорим фақатгина ошкор ва яширин бузуқликларни, (барча) гуноҳ ишларни, ноҳақ зулм қилишни ва Аллоҳга (шерик эканлигига) ҳеч қандай ҳужжат туширмаган нарсаларни Унга шерик қилиб олишингизни ҳамда Аллоҳ шаънига билмайдиган нарсаларни гапиришингизни ҳаром қилган, холос.
Alloh bandalariga harom qilgan narsalar quyidagilardir: 1. «Oshkora va yashirin fahsh ishlar». Avval aytilganidek, fahsh ish ulkan qabihlikdir. Bunday ishlar xoh oshkora, xoh yashirin boʻlsin, barcha-barchasini Alloh harom qilgan. 2. «Gunoh». Gunohkorlarning oʻzlariga tegishli maʼsiyatlari. 3. «Nohaq tajovuzkorlik». Yaʼni, odamlarga nisbatan adolatsizlik, zulm va dushmanlik qilish. 4. «Allohga shirk keltirish». Shirkning qaysi turi boʻlmasin, hammasi harom. 5. «Allohga nisbatan bilmagan narsani aytish». Allohning zoti va ilohiyotga doir masalalarda faqat haqiqiy ilm asosidagina fikr yuritish joiz. Taxmin, gumon yoxud birovga taqlidan hukm chiqarish aslo mumkin emas. Mazkur gunohlarni qilayotganlar bilib qoʻysinlar: