QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят32

قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَ لِعِبَادِهِۦ وَٱلطَّيِّبَـٰتِ مِنَ ٱلرِّزْقِ ۚ قُلْ هِىَ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Alloh O`z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o`zlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.Сен: «Аллоҳ Ўз бандаларига чиқарган зийнатларни ва покиза ризқларни ким ҳаром қилди?!» – деб айт. Сен: «Улар ҳаёти дунёда иймон келтирганларга, қиёмат кунида эса фақат ўзларига хосдир», – деб айт. Биладиган қавмлар учун оятларни мана шундай муфассал баён қилурмиз.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Alloh bandalari uchun chiqargan bezak (liboslarni) va halol-pok rizqlarni kim harom qildi?!» Ayting: «Ular (yaʼni, bezak va halol rizqlar) hayoti doʻnyoda iymon egalari uchun (boʻlib, kofirlar ham ularga sherik boʻlur), Qiyomat Kunida esa faqat (moʻminlarning) oʻzlariga xosdir». Biladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal qilurmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Аллоҳ бандалари учун чиқарган безак (либосларни) ва ҳалол-пок ризқларни ким ҳаром қилди?!» Айтинг: «Улар (яъни, безак ва ҳалол ризқлар) ҳаёти дўнёда иймон эгалари учун (бўлиб, кофирлар ҳам уларга шерик бўлур), Қиёмат Кунида эса фақат (мўминларнинг) ўзларига хосдир». Биладиган қавм учун оятларни мана шундай муфассал қилурмиз.

154-sahifa · 8-juz · 16-hizb154-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтمَنْkimкимحَرَّمَharom qildiҳаром қилдиزِينَةَziynatlarniзийнатларниٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلَّتِىٓki uniки униأَخْرَجَchiqarganчиқарганلِعِبَادِهِۦOʻz bandalarigaЎз бандаларигаوَٱلطَّيِّبَـٰتِva pokiza narsalarniва покиза нарсаларниمِنَ-dan-данٱلرِّزْقِ ۚrizqризқقُلْaytайтهِىَularуларلِلَّذِينَoʻshalar uchundirўшалар учундирءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotiҳаётиٱلدُّنْيَاdunyoдунёخَالِصَةًۭfaqat oʻzlariga xosdirфақат ўзларига хосдирيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۗqiyomatқиёматكَذَٰلِكَmana shundayмана шундайنُفَصِّلُmufassal bayon qilamizмуфассал баён қиламизٱلْـَٔايَـٰتِoyatlarniоятларниلِقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَعْلَمُونَbiladiganбиладиган
TafsirТафсир

Ushbu oyatlar egnilariga kiyim kiymay tavof qilishni, haj mavsumida yaxshi taom isteʼmol etmaslikni oʻzlariga rusum qilib olib, bu Alloh amri, deb yurgan arab mushriklarining qilmishlari notoʻgʻri ekanini bildirish uchun tushgani va bu orqali hamma zamon kofirlariga xitob qilinayotgani boshda aytib oʻtilgan edi.

Yalangʻoch holda tavof qilish joiz emasligini tushunib yetgan musulmonlar kiyim-bosh bilan tavof qilishsa, mushriklar ularning ustilaridan kulishgan. Shunda, Alloh taolo mazkur oyati karimani nozil qilgan. Bu gʻaroyibotni koʻringki, oʻzi yalangʻoch tavof qila turib, kiyim-bosh bilan tavof qilayotganning ustidan kulyapti. Inson tabiatiga futur yetsa, shunday boʻladi. Hozirgi zamon mushriklari burungi salaflaridan ham oʻtib ketdilar. Ular Islom ahlining har bir amalidan kuladilar. Ammo, oʻzlarini zigʻircha bilmaydilar. Musulmon kishi ularga eʼtibor bermay, Alloh taoloning amriga amal qilaverishi lozim.

Modomiki, Alloh taolo oʻsha kiyimlarni bandalarga halol qilib qoʻyibdimi, demak, hech kim uni harom qila olmaydi. Shuningdek, Alloh pokiza taomlarni bandalariga rizq qilib berib qoʻyibdimi, ularni ham hech kim harom qila olmaydi. Ziynat kiyimlari va pokiza taomlar iymonlilar uchun boʻlmay kim uchun boʻlsin! Bu rizqu roʻziga moddiy dunyoda boshqalar ham sherik boʻlishi mumkin, ammo oxiratda, ushbu oyati karimada taʼkidlanganidek, ziynat liboslari va pokiza rizqlar faqat moʻminlarga xos boʻladi.

Alloh taolo Oʻz zotiga iymon keltirgan bandalariga hech qachon xushroʻy kiyim-boshlarni va pokiza taomlarni harom qilmaydi.