قَالَ ٱدْخُلُوا۟ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ فِى ٱلنَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌ لَّعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا ٱدَّارَكُوا۟ فِيهَا جَمِيعًا قَالَتْ أُخْرَىٰهُمْ لِأُولَىٰهُمْ رَبَّنَا هَـٰٓؤُلَآءِ أَضَلُّونَا فَـَٔاتِهِمْ عَذَابًا ضِعْفًا مِّنَ ٱلنَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّ ضِعْفٌ وَلَـٰكِن لَّا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Sizdan oldin o`tgan, jin va insdan bo`lgan ummatlar bilan do`zaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (do`zaxga) kirsa, sherigini la'natlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga do`zax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der.У зот: «Сиздан олдин ўтган, жин ва инсдан бўлган умматлар билан дўзахга киринг», – дер. Қачонки, қайси бир уммат (дўзахга) кирса, шеригини лаънатлар. Бироқ у ерда ҳаммалари топишганларида, кейингилари аввалгиларини (маломат қилиб): «Эй Роббимиз, бизни анавилар адаштирган эдилар. Уларга дўзах азобини икки баробар қилиб бер», – дерлар. У зот: «Ҳаммага ҳам икки баробар, лекин билмайсизлар», – дер.Alauddin Mansour: (Alloh) aytur: «Sizlardan ilgari oʻtgan jin va insdan iborat (kofir) millatlar bilan birga doʻzaxga kiringiz!» Qachon bir jamoat (oʻsha doʻzaxga) kirganida, sherigini (yaʼni, oʻzini yoʻldan urganlarni) laʼnatlaydi. Qachonki unda (doʻzaxda) hammalari topishishgach, keyingilari (ergashganlar) avvalgilari (boshliqlari) haqida: «Parvardigoro, ana oʻshalar bizlarni yoʻldan ozdirganlar, bas, ularga doʻzax azobini ikki barobar qilgin», deydilar. (Alloh) aytur: «Har biringiz uchun ikki barobar azob boʻlur, lekin sizlar bilmaysizlar».(Аллоҳ) айтур: «Сизлардан илгари ўтган жин ва инсдан иборат (кофир) миллатлар билан бирга дўзахга кирингиз!» Қачон бир жамоат (ўша дўзахга) кирганида, шеригини (яъни, ўзини йўлдан урганларни) лаънатлайди. Қачонки унда (дўзахда) ҳаммалари топишишгач, кейингилари (эргашганлар) аввалгилари (бошлиқлари) ҳақида: «Парвардигоро, ана ўшалар бизларни йўлдан оздирганлар, бас, уларга дўзах азобини икки баробар қилгин», дейдилар. (Аллоҳ) айтур: «Ҳар бирингиз учун икки баробар азоб бўлур, лекин сизлар билмайсизлар».
Oʻlim oldidan boshlangan azob shu tariqa davom etadi. Ikki oyati karima tavsiflayotgan sahnalar–jon talvasasi, doʻzaxga kirish oraligʻidagi qabr azobi, qayta tiriltirish, mahshar azob- uqubatlari bayon etilmay, bir yoʻla soʻnggi sahna tasvirlanyapti. Kofir va mushriklarga Alloh taolo:
«Sizdan oldin oʻtgan, jin va insdan boʻlgan ummatlar bilan doʻzaxga kiring», – der».
Sizdan ilgari doʻzaxga tushgan doʻstlaringizga qoʻshilinglar. Bu dunyoda kofirlik va maʼsiyat bobida doʻst-ogʻayni edingiz. Endi, doʻzaxda ham birga boʻlinglar. Shunday qilib, gunohkor zotlar birin-ketin doʻzax qaʼriga tashlanaveradilar.
«Qachonki, qaysi bir ummat (doʻzaxga) kirsa, sherigini laʼnatlar».
Osiy zot aynan oʻz sherigiga ergashib, oqibat ushbu baloyi azimga giriftor boʻldi. Agar oʻsha sherikning izmida yurmasa, bu hol yuz bermasdi. Ularning bir guruhi boshqa birovini laʼnatlab turganda, keyingilari kelib tagʻin bir toifani laʼnatlay boshlaydi. Shunday qilib, bir-birlarini laʼnatlab, birin-ketin doʻzaxda topishadilar:
«Hammalari unda topishganda esa, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga doʻzax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar».
Osiylar doʻzax sahnida topishganlaridan soʻng, bu dunyodagi doʻstlikdan va quruq «muhabbat»laridan asar ham qolmaydi. Boz ustiga, bir-birovlariga ayb agʻdarishga tushadilar. Moddiy dunyodagi takabburlik, kufr va isyonlari bosilib, odamga oʻxshab qoladilar va Alloh taologa,
«Ey Robbimiz» deb nido qiladilar.
Bu dunyoda ular Allohning Robb ekanini inkor qilgan va Undan oʻzgani oʻzlariga Robb tutgan edilar. Endi esa,
«Ey Robbimiz» deyishmoqda.
Oʻzlarini oqlash maqsadida butun gunohlarni kechagi yorlariga agʻdarishmoqda. Bu dunyoda ularga rahnamo–sarvar boʻlganlarning yoqasiga osilib,
«bizni anavilar adashtirgan edilar», deb faryod chekishmoqda.
Bugun ularning nomlarini ham aytgilari kelmaydi,
«anavilar» demoqdalar, xolos.
«Anavilar» oʻzlari adashgani yetmaganidek, bizni ham adashtirdilar, shuning uchun,
«ularga doʻzax azobini ikki barobar qilib ber».
Oʻzlarinikini ham, biznikini ham olsinlar, deydilar. Lekin javob ular kutgandek boʻlmaydi. Ularning bu iltimosiga Alloh:
«...hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar, – der».
Ular sizni adashtirdilar, siz esa oʻzingizdan keyingilarni adashtirdingiz! Shuning uchun, barcha-barchangizga doʻzax azobi ikki barobar boʻlaveradi. Bu dahshatli holga guvoh boʻlib turgan «avvalgilar»ga ham jon kiradi-da, oʻzlarini oqlashga tutinadilar va: