QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят37

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُم مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوٓا۟ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُوا۟ ضَلُّوا۟ عَنَّا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana o`shalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan g`oyib bo`lishdi», – derlar va o`z ziyonlariga, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berarlar.Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиган ёки унинг оятларини ёлғонга чиқарган кимсадан ҳам золимроқ одам борми?! Ана ўшаларга китобдан насибалари етар. Бизнинг элчиларимиз келиб уларнинг жонларини олаётиб: «Аллоҳдан ўзга ибодат қилаётган нарсаларингиз қани?» – дерлар. Улар: «Биздан ғойиб бўлишди», – дерлар ва ўз зиёнларига, кофир бўлганларини айтиб, гувоҳлик берарлар.Alauddin Mansour: Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻon degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Ularga yozilmish — kitobdan boʻlgan rizq-roʻzlari yetib-bitgach, jonlarini olguvchi elchilarimiz — oʻlim farishtalari kelib: «Allohni qoʻyib, iltijo qilib oʻtgan butlaringiz qani (kelib sizlarni oʻlimdan qutqarmaydilarmi?)», deganlarida, ular: «Bizdan gʻoyib boʻlib qoldilar», deyishadi va oʻzlarining ziyonlariga — kofir boʻlganliklariga guvohlik berishadi.Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиган ёки Унинг оятларини ёлғон деган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?! Уларга ёзилмиш — китобдан бўлган ризқ-рўзлари етиб-битгач, жонларини олгувчи элчиларимиз — ўлим фаришталари келиб: «Аллоҳни қўйиб, илтижо қилиб ўтган бутларингиз қани (келиб сизларни ўлимдан қутқармайдиларми?)», деганларида, улар: «Биздан ғойиб бўлиб қолдилар», дейишади ва ўзларининг зиёнларига — кофир бўлганликларига гувоҳлик беришади.

154-sahifa · 8-juz · 16-hizb154-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنْbas, kim borбас, ким борأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنِkimsadanкимсаданٱفْتَرَىٰtoʻqiganтўқиганعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًاyolgʻonniёлғонниأَوْyokiёкиكَذَّبَyolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۚUning oyatlariniУнинг оятлариниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalargaана ўшаларгаيَنَالُهُمْyetadir ulargaетадир уларгаنَصِيبُهُمnasibalariнасибалариمِّنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِ ۖkitobкитобحَتَّىٰٓtokiтокиإِذَاqachonkiқачонкиجَآءَتْهُمْularga kelibуларга келибرُسُلُنَاelchilarimizэлчиларимизيَتَوَفَّوْنَهُمْjonlarini olayotibжонларини олаётибقَالُوٓا۟derlarдерларأَيْنَqaniқаниمَاnarsalarнарсаларكُنتُمْsizlar edingizсизлар эдингизتَدْعُونَibodat qilarибодат қиларمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِ ۖAllohАллоҳقَالُوا۟ular derlarулар дерларضَلُّوا۟gʻoib boʻlishdiғоиб бўлишдиعَنَّاbizdanбизданوَشَهِدُوا۟va guvohlik berarlarва гувоҳлик берарларعَلَىٰٓ-ga qarshi-га қаршиأَنفُسِهِمْoʻz ziyonlarigaўз зиёнларигаأَنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟edilarэдиларكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Dunyodagi eng zolim odam Alloh taologa nisbatan yolgʻon toʻqigan, Alloh taolo aytmagan narsani aytdi, deb, buyurmagan narsani buyurdi, deb yurgan, oʻzining zaif aqli bilan joriy qilib olgan qonun, urf-odatlariga ilohiy qonunlar maqomini beradigan odamlardir.

Dunyodagi eng zolim odam Alloh taolo oyatlarini yolgʻonga chiqaruvchi odamdir. Bu ikki zulmdan birini qilgan ikkinchisini ham qiladi. Bilingki, ulardan zolimroq odam dunyoda yoʻq!

Ammo, ming zolim boʻlsalar ham, bu dunyoda yashab oʻtadilar.

«Ana oʻshalarga kitobdan nasibalari yetadi».

Qazoi qadar kitobida nima yozilgan boʻlsa, shuni tatib, yashab koʻradilar, Alloh taolo sabab qilib qoʻygan ishlarni qilib, undan hosil boʻlgan natijalarga guvoh boʻlib oʻtadilar. Ammo, ajallari yetib, bu dunyoni tark etish onlari kelganda gʻaroyib bir sahna vujudga keladi. Oʻlim farishtalari, yaʼni:

«Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan oʻzga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar».

Joni xalqumiga kelib, oʻlimi oldidan hamma narsa ayon boʻlib qolgan kofiru mushriklar nima deya oladilar? Ularni oʻlim farishtalaridan kim qutqarib oladi? Dardlariga kim malham boʻladi? Umr boʻyi Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidilar. Mana endi, Allohning elchilari–oʻlim farishtalari kelib jonlarini olmoqqa shay boʻlib turibdilar. Juda noqulay holga tushib qolishdi-ku. Bu dunyoda ishongan togʻlaridan birortasi yoʻq. Boʻlganda ham, nima qilib berar edi. Yomon boʻldi-da. Hayoti dunyoda Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarmasa boʻlar ekan. Mana endi, u oyatlar haq ekani namoyon boʻldi. Ammo endi, soʻnggi lahzalarda iymon keltirsa ham, samarasi yoʻqqa oʻxshaydi. Oʻlim farishtalarining avzoylari buzuq. Savol berib, taqalib turishibdi. Ular, Allohdan oʻzga sigʻinganlaring, aytganiga yurganlaring qani, deyishmoqda. Nima deb javob qilsalar ekan? Bor haqiqatni aytadilar-da. Ne iloj?

«Ular: «Bizdan gʻoyib boʻlishdi», – derlar».

Gʻoyib boʻlmasdan ne qilsinlar. Oʻzlari hechga arzimaydigan narsalar edi. Mana endi, yoʻq boʻlishdi. Zarra foydalari tegmadi. Ularga ishonganlarning holi xarob. Endi, kofirliklariga iqror boʻlib, oʻzlariga qarshi guvohlik berdilar. Ayblarini tan oldilar. Endi, oʻlim farishtalari ularning jonini qiynab qabz etadi va Alloh: