۞ وَإِذَا صُرِفَتْ أَبْصَـٰرُهُمْ تِلْقَآءَ أَصْحَـٰبِ ٱلنَّارِ قَالُوا۟ رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ko`zlari do`zax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar.Қачонки кўзлари дўзах эгалари томон бурилиб қолса: «Эй Роббимиз, бизни золим қавмлар билан бирга қилмагин», дерлар.Alauddin Mansour: Qachon koʻzlari doʻzax egalari tarafga burilib qolsa: «Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavm bilan birga qilib qoʻymagaysan», deydilar.Қачон кўзлари дўзах эгалари тарафга бурилиб қолса: «Парвардигоро, бизларни бу золим қавм билан бирга қилиб қўймагайсан», дейдилар.
Chunki, doʻzax ahlining ahvoli gʻoyatda ayanchlidir. Oʻshal zolim qavmlarning doʻzaxdagi holini koʻrgan har bir banda beixtiyor Alloh taolodan oʻzini ular bilan birga qilmasligini oʻtinib soʻrashi turgan gap.
Shu payt «Aʼrof egalari» doʻzaxning qaʼrida azob chekayotganlar ichida bu dunyoda oʻzlariga tanish boʻlgan kishilarni koʻrib qoladilar. Shunda: