QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят46

وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ ۚ وَعَلَى ٱلْأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلًّۢا بِسِيمَىٰهُمْ ۚ وَنَادَوْا۟ أَصْحَـٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَن سَلَـٰمٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oralarida to`siq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tama' qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom bo`lsin», – deb nido qilurlar.Ораларида тўсиқ бор, у деворлар устидаги кишилар ҳаммаларини сиймоларидан танирлар. Тамаъ қилган ҳолларида кирмай турган жаннат эгаларига: «Сизга салом бўлсин», – деб нидо қилурлар.Alauddin Mansour: Ularning (jannat egalari bilan doʻzax egalarining) oʻrtalarida toʻsiq boʻlib, u devorlar ustida hammani (yaʼni, jannatilarni ham, duzaxilarni ham) siymolaridan tanib oladigan kishilar boʻlur. Ular jannat egalariga: «Sizlarga tinchlik boʻlgay», deydilar. Oʻzlari esa tamaʼ qilgan — istagan hollarida, unga (jannatga) kira olmaydilar.Уларнинг (жаннат эгалари билан дўзах эгаларининг) ўрталарида тўсиқ бўлиб, у деворлар устида ҳаммани (яъни, жаннатиларни ҳам, дузахиларни ҳам) сиймоларидан таниб оладиган кишилар бўлур. Улар жаннат эгаларига: «Сизларга тинчлик бўлгай», дейдилар. Ўзлари эса тамаъ қилган — истаган ҳолларида, унга (жаннатга) кира олмайдилар.

156-sahifa · 8-juz · 16-hizb156-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَبَيْنَهُمَاva ikkovlari oʻrtasidaва икковлари ўртасидаحِجَابٌۭ ۚtoʻsiq (bor)тўсиқ (бор)وَعَلَىva ustidaва устидаٱلْأَعْرَافِaʼrof-devorаъроф-деворرِجَالٌۭkishilar (bor)кишилар (бор)يَعْرِفُونَtanirlarтанирларكُلًّۢاhammalariniҳаммалариниبِسِيمَىٰهُمْ ۚsiymolaridanсиймолариданوَنَادَوْا۟va ular nido qildilarва улар нидо қилдиларأَصْحَـٰبَegalarigaэгаларигаٱلْجَنَّةِjannatжаннатأَن-ki-киسَلَـٰمٌsalomсаломعَلَيْكُمْ ۚsizga boʻlsinсизга бўлсинلَمْemasэмасيَدْخُلُوهَاunga kirdilarунга кирдиларوَهُمْva ularва уларيَطْمَعُونَtamaʼ qilurlarтамаъ қилурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, jannat ahli va doʻzax ahlining orasida toʻsiq bor. Bu toʻsiq «Hadid» surasida «devor» deb ataladi. Oʻsha devorning nomi «Aʼrof». Devorlar juda baland boʻlib, doʻzax ahli har qancha urinsalar ham, undan oʻtib, jannatga kira olmaydilar. Baʼzi rivoyatlarda, oʻsha devor ustidan bogʻlar unib, anhorlar oqib turadi, deyiladi. Demak, uning qalinligi ham xiylagina. Jannat bilan doʻzax orasida toʻsiq boʻlib turgan baland va keng devor–Aʼrof ustida odamlar bor. Bu odamlar kimlar ekanligi haqida ulamolar oʻrtasida ikki xil fikr mavjud. Birinchisi: ular yaxshilik va yomonliklari teng kelib, na jannatga, na doʻzaxga hukm boʻlmay qolgan kishilardir. Ikkinchisi, oʻz qavmiga Paygʻambarlarning haq daʼvatlarini yetkazib, ularni yaxshilikka boshlagan daʼvatchilar, ulamolar va shuhadolardir. Ana shu ikki maʼnodan kelib chiqib, oyati karimaning oxirgi «Tamaʼ qilgan hollarida kirmay turgan» jumlasiga ham ikki xil maʼno beriladi. Agar «Aʼrof egalari»ni yaxshiligi va yomonligi teng kelib qolib, jannatga ham, doʻzaxga ham hukm boʻlmay qolganlar, desak, jannatga tamaʼ qilib kirmay turganlar ularning oʻzlari boʻladilar. Ammo ular oliy martabali ulamoyu va shuhadolar desak, jannatdan tamaʼdorlik jannat egalarining jannatga kirishidan oldingi holatiga ishoratdir. Hamda «Aʼrof egalari» ularga jannatga kirishlaridan oldin: «Sizga salom boʻlsin», deb turgan boʻladilar.

Biz ikkinchi maʼnoni ixtiyor qildik. Chunki, Aʼrof–oliymaqom joy, jannatning ham ustida. Uning yuzida turgan odamlar xaloyiqni yuqoridan kuzatishyapti. Ular ishonch bilan yaxshilarga yaxshi, yomonlarga esa ularga munosib tarzda soʻz qotmoqdalar. Jannat egalarini olqishlab, doʻzax ahlini itob qilmoqdalar. Oʻzlarini nima kutayotganini bilolmay, qiyomat sahnida iztirob chekib turganlar bunga jurʼat eta olmaydilar. Allohu aʼlamu bis-savob.

«Aʼrof egalari» ahli jannatga salom berib boʻlganlaridan keyin: