QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят45

ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ كَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning yo`lidan to`sadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir bo`luvchilarga!!!» – deb jar soladir.Аллоҳнинг йўлидан тўсадиган, уни бузишни истайдиган ва охиратга кофир бўлувчиларга!!!» – деб жар соладир.Alauddin Mansour: Ular Allohning yoʻlidan toʻsadigan va uni buzishni istaydigan, oʻzlari Oxiratga ishonmaydigan kimsalardir.Улар Аллоҳнинг йўлидан тўсадиган ва уни бузишни истайдиган, ўзлари Охиратга ишонмайдиган кимсалардир.

156-sahifa · 8-juz · 16-hizb156-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиيَصُدُّونَtoʻsadilarтўсадиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻlidanйўлиданٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَيَبْغُونَهَاva uni istaydilarва уни истайдиларعِوَجًۭاegri (buzuq) qilishniэгри (бузуқ) қилишниوَهُمva ularва уларبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаكَـٰفِرُونَkofirlardirкофирлардир
TafsirТафсир

Bunday holatda savol berishga faqat jannat egalarigina qodirdirlar. Chunki, doʻzax egalari oʻzlari bilan oʻzlari ovora. Bu dunyoda kofirlar Allohning oxirati, jannati va doʻzaxiga, ularda azob- uqubat, rohat-farogʻat boʻlishiga iymon keltirgan moʻminlar ustidan kulgan edilar. Endi, vaziyat butkul oʻzgardi. Moʻminlarning yuzi yorugʻ, soʻzlari haq boʻldi. Ular oʻktam ovozda doʻzaxda azob chekayotgan kofirlarga qarata:

«Biz Robbimiz bizga vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» deb nido qilmoqdalar.

Kofirlar nima qilishsin? «Ha!» deyishdan boshqa choralari yoʻq.

Shu chogʻ Alloh yuborgan jarchi jannat va doʻzax ahli oʻrtasida turgancha bor ovozda:

«Allohning yoʻlidan toʻsadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir boʻluvchilarga Allohning laʼnati boʻlsin!!!»–deydi.

Odatda zulm va kufr, zolim va kofir tushunchalari bir maʼnoni anglatadi. Ammo, bu oʻrinda zolim kofirdan koʻra kengroq maʼnoni anglatyapti. Kofir oʻzi kufr keltirib, iymonini barbod etgan shaxs. Ammo, zolim asli kofir, iymonsiz boʻlib, shariatga amal qilmagani yetmaganidek, yana boshqa maʼsiyatlarni ham qiladi. Eng qabih amallaridan biri odamlarni «Allohning yoʻlidan toʻsadigan»ligidir. Oʻzi Alloh yoʻlida yurmagani kamlik qilganidek, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan toʻsadi. Moʻminlarni quvgʻin qiladi, turli azoblarga soladi. Din rivojiga toʻsqinlik qiladi. Odamlarning dindor boʻlishiga, shariatga amal qilishiga qarshilik koʻrsatadi. Bu eng katta zulmdir. Uning soʻnggi taʼrifi «Oxiratga kofir boʻlguvchi»ligidir. Oxiratga iymoni boʻlsa, bu ishlarni qilmas edi.

Kelasi oyati karimada jannat va doʻzax ahllari haqidagi yuqoridagi taʼrifu tavsif davom etadi: