وَنَادَىٰٓ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ أَصْحَـٰبَ ٱلنَّارِ أَن قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّا فَهَلْ وَجَدتُّم مَّا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّا ۖ قَالُوا۟ نَعَمْ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنٌۢ بَيْنَهُمْ أَن لَّعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va jannat egalari do`zax egalariga: «Biz Robbimiz bizga va'da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va'da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular o`rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la'nati bo`lsin!!!Ва жаннат эгалари дўзах эгаларига: «Биз Роббимиз бизга ваъда қилган нарсанинг ҳақ эканини топдик. Сизлар ҳам Роббингиз ваъда қилган нарсанинг ҳақ эканини топдингизми?!» – деб нидо қиладир. Улар: «Ҳа!» – дерлар. Бас, улар ўрталарида бир жарчи: «Золимларга Аллоҳнинг лаънати бўлсин!!!Alauddin Mansour: (Shunda) jannat egalari doʻzax egalariga qarab: «Bizlar Parvardigorimiz bergan vaʼdaning (yaʼni, jannat va undagi neʼmatlarning) haq ekanini koʻrdik, sizlar ham Parvardigoringiz vaʼda qilgan narsaning (yaʼni, doʻzax va undagi azob-uqubatlarnish) haq ekanini koʻrdingizmi?!» deganlarida, ular: «Ha», deydilar. Bas, ularning oʻrtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning laʼnati boʻlgay», deb jar solur.(Шунда) жаннат эгалари дўзах эгаларига қараб: «Бизлар Парвардигоримиз берган ваъданинг (яъни, жаннат ва ундаги неъматларнинг) ҳақ эканини кўрдик, сизлар ҳам Парвардигорингиз ваъда қилган нарсанинг (яъни, дўзах ва ундаги азоб-уқубатларниш) ҳақ эканини кўрдингизми?!» деганларида, улар: «Ҳа», дейдилар. Бас, уларнинг ўрталарида бир жарчи: «Золимларга Аллоҳнинг лаънати бўлгай», деб жар солур.
Bunday holatda savol berishga faqat jannat egalarigina qodirdirlar. Chunki, doʻzax egalari oʻzlari bilan oʻzlari ovora. Bu dunyoda kofirlar Allohning oxirati, jannati va doʻzaxiga, ularda azob- uqubat, rohat-farogʻat boʻlishiga iymon keltirgan moʻminlar ustidan kulgan edilar. Endi, vaziyat butkul oʻzgardi. Moʻminlarning yuzi yorugʻ, soʻzlari haq boʻldi. Ular oʻktam ovozda doʻzaxda azob chekayotgan kofirlarga qarata:
«Biz Robbimiz bizga vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz vaʼda qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» deb nido qilmoqdalar.
Kofirlar nima qilishsin? «Ha!» deyishdan boshqa choralari yoʻq.
Shu chogʻ Alloh yuborgan jarchi jannat va doʻzax ahli oʻrtasida turgancha bor ovozda:
«Allohning yoʻlidan toʻsadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir boʻluvchilarga Allohning laʼnati boʻlsin!!!»–deydi.
Odatda zulm va kufr, zolim va kofir tushunchalari bir maʼnoni anglatadi. Ammo, bu oʻrinda zolim kofirdan koʻra kengroq maʼnoni anglatyapti. Kofir oʻzi kufr keltirib, iymonini barbod etgan shaxs. Ammo, zolim asli kofir, iymonsiz boʻlib, shariatga amal qilmagani yetmaganidek, yana boshqa maʼsiyatlarni ham qiladi. Eng qabih amallaridan biri odamlarni «Allohning yoʻlidan toʻsadigan»ligidir. Oʻzi Alloh yoʻlida yurmagani kamlik qilganidek, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan toʻsadi. Moʻminlarni quvgʻin qiladi, turli azoblarga soladi. Din rivojiga toʻsqinlik qiladi. Odamlarning dindor boʻlishiga, shariatga amal qilishiga qarshilik koʻrsatadi. Bu eng katta zulmdir. Uning soʻnggi taʼrifi «Oxiratga kofir boʻlguvchi»ligidir. Oxiratga iymoni boʻlsa, bu ishlarni qilmas edi.
Kelasi oyati karimada jannat va doʻzax ahllari haqidagi yuqoridagi taʼrifu tavsif davom etadi: