QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят43

وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَـٰرُ ۖ وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى هَدَىٰنَا لِهَـٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَآ أَنْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ ۖ لَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ ۖ وَنُودُوٓا۟ أَن تِلْكُمُ ٱلْجَنَّةُ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ko`ksilaridagi g`illu g`ashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bo`lsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, o`zimiz yo`l topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur.Ва кўксиларидаги ғиллу ғашларни чиқариб олдик, остиларидан анҳорлар оқиб турибди. Улар: «Бизни шунга ҳидоят қилган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин, агар Аллоҳ бизни ҳидоят қилмаганда, ўзимиз йўл топа олмас эдик. Роббимизнинг элчилари ҳақни келтирдилар», – дедилар. Ва уларга: «Мана шу жаннатингизни қилган амалларингиз туфайли мерос қилиб олдингиз», – деб нидо қилинур.Alauddin Mansour: Ostlaridan daryolar oqib turar ekan, ularning koʻngillaridan (bir-birlariga nisbatan boʻlgan) gʻillu gʻashliklarni tortib olurmiz va ular: «Bizlarni bu (neʼmatlarga) yoʻllagan Zot — Allohga hamdu-sano boʻlgay. Agar bizni Alloh hidoyat qilmaganida, hargiz yoʻl topa olmas edik. Haqiqatan, Parvardigorimizning paygʻambarlari haq dinni keltirgan ekanlar», deydilar va ularga: «Qilib oʻtgan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir», deb nido qilinur.Остларидан дарёлар оқиб турар экан, уларнинг кўнгилларидан (бир-бирларига нисбатан бўлган) ғиллу ғашликларни тортиб олурмиз ва улар: «Бизларни бу (неъматларга) йўллаган Зот — Аллоҳга ҳамду-сано бўлгай. Агар бизни Аллоҳ ҳидоят қилмаганида, ҳаргиз йўл топа олмас эдик. Ҳақиқатан, Парвардигоримизнинг пайғамбарлари ҳақ динни келтирган эканлар», дейдилар ва уларга: «Қилиб ўтган (яхши) амалларингиз сабабли сизларга мерос қилиб берилган жаннат мана шудир», деб нидо қилинур.

155-sahifa · 8-juz · 16-hizb155-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنَزَعْنَاva Biz chiqarib oldikва Биз чиқариб олдикمَاnarsaniнарсаниفِى-da-даصُدُورِهِمkoʻksilaridaкўксиларидаمِّنْ-dan-данغِلٍّۢgʻillu gʻashғиллу ғашتَجْرِىoqib turibdiоқиб турибдиمِن-dan-данتَحْتِهِمُostilaridanостилариданٱلْأَنْهَـٰرُ ۖanhorlarанҳорларوَقَالُوا۟va ular dedilarва улар дедиларٱلْحَمْدُhamdlarҳамдларلِلَّهِAllohga boʻlsinАллоҳга бўлсинٱلَّذِىU ZotkiУ Зоткиهَدَىٰنَاbizni hidoyat qildiбизни ҳидоят қилдиلِهَـٰذَاshungaшунгаوَمَاva emasва эмасكُنَّاbiz edikбиз эдикلِنَهْتَدِىَhidoyat topadiganҳидоят топадиганلَوْلَآagar boʻlmagandaагар бўлмагандаأَنْ-ki-киهَدَىٰنَاbizni hidoyat qildiбизни ҳидоят қилдиٱللَّهُ ۖAllohАллоҳلَقَدْbatahqiqбатаҳқиқجَآءَتْkeldilarкелдиларرُسُلُelchilariэлчилариرَبِّنَاRobbimizningРоббимизнингبِٱلْحَقِّ ۖhaq ilaҳақ илаوَنُودُوٓا۟va ularga nido qilinurва уларга нидо қилинурأَن-ki-киتِلْكُمُmana shuмана шуٱلْجَنَّةُjannatdirжаннатдирأُورِثْتُمُوهَاmeros qilib oldingizмерос қилиб олдингизبِمَاtufayliтуфайлиكُنتُمْsiz edingizсиз эдингизتَعْمَلُونَamal qilurамал қилур
TafsirТафсир

Butunlay oʻzgacha manzara, oʻzgacha holat. Kofirlar doʻzaxga tushishlari barobarida qalblari bir-birovlariga nisbatan gʻillu gʻashga toʻla, bir-birlarini laʼnatlagan va haqoratlagan holda edilar. Ularning toʻshaklari va choyshablari ham olovdan edi. Ammo, moʻminlarning holini vasf qilib Alloh taolo:

«Va koʻksilaridagi gʻillu gʻashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi», demoqda.

Aslida, moʻmin insonlarning bir-birlariga nisbatan hech qanday daʼvolari yoʻq boʻlsa ham, Alloh ularning qalbini tamoman musaffo qilish uchun baʼzi bir gʻillu gʻashlarni ham chiqarib olibdi. Qanday yaxshi!

Kofirlar Allohga murojaat qilib, sheriklarining azobini ikki baravar ziyoda qilishni soʻragan edilar.

Moʻminlar jam boʻlib, Alloh taologa hamdu sano aytadilar:

«Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar boʻlsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, oʻzimiz yoʻl topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar».

Ular haq soʻzlaydilar. Agar Alloh taolo hidoyat qilmasa, bu holni hech kim oʻzicha kashf eta olmaydi. Elchilar, yaʼni, Paygʻambarlar haq dinni–haq xabarni eltdilar, xolos.

Nihoyat, natija ham mutlaqo oʻzgacha boʻlib chiqdi. Kofirlarga: «Sizlardan oldin oʻtgan, jin va insdan boʻlgan ummatlar bilan doʻzaxga kiring», deyilgan edi. Moʻminlarga esa:

«Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», deyilmoqda.

Ikki yonda ikki xil holat. Bir tomonda, jannat egalari toʻkis rohat-farogʻatda. Ikkinchi tomonda, doʻzax egalari butkul azob-uqubatda. Shu payt jannat sohiblari doʻzax sokinlariga nido qiladilar: