وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar — Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz — ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.Иймон келтириб, яхши амалларни қилганлар — Биз ҳеч бир жонни тоқатидан ташқари нарсага таклиф қилмаймиз — ана ўшалар жаннат эгаларидир. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar — hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz – ular jannat egalari boʻlib, unda abadiy qolajaklar.Иймон келтириб, яхши амаллар қилган зотлар — ҳеч бир жонни тоқатидан ташқари нарсага таклиф қилмаймиз – улар жаннат эгалари бўлиб, унда абадий қолажаклар.
Bu tamoman boshqa muhit. Umuman, boshqa manzara va sahna. Bu dunyoda iymon bilan yashab, solih amallarni qilganlar jannat egalari boʻlmoqdalar. Zotan, iymon bilan solih amallarni ado etib yashashning hech bir qiyinchiligi yoʻq. Chunki, Alloh taolo hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Toqati doirasidagi amallarni bajarib jannatga sohib boʻlish qanday ulugʻ tole! Boz ustiga, jannatda abadiy qolish nechuk saodat!