QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят41

لَهُم مِّن جَهَنَّمَ مِهَادٌ وَمِن فَوْقِهِمْ غَوَاشٍ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga jahannamdan to`shak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz.Уларга жаҳаннамдан тўшак ва устларига чойшаб бор. Золимларни мана шундай жазолаймиз.Alauddin Mansour: Ular uchun jahannamdan toʻshak, ustlaridan esa (olovdan boʻlgan) choyshablar boʻlur. Zolimlarni mana shunday jazolagaymiz.Улар учун жаҳаннамдан тўшак, устларидан эса (оловдан бўлган) чойшаблар бўлур. Золимларни мана шундай жазолагаймиз.

155-sahifa · 8-juz · 16-hizb155-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَهُمulargaуларгаمِّن-dan-данجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамمِهَادٌۭtoʻshak borтўшак борوَمِنva -danва -данفَوْقِهِمْustlariустлариغَوَاشٍۢ ۚchoyshablar (yopinchiqlar)чойшаблар (ёпинчиқлар)وَكَذَٰلِكَva mana shundayва мана шундайنَجْزِىjazolaymizжазолаймизٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarniзолимларни
TafsirТафсир

Demak, ularning ostlariga solib yotadigan toʻshaklari ham, ustlariga yopinadigan choyshablari ham olovdan. Toʻrt tomondan olov bilan qamrab olinganlar. Bu dunyoda kufr va shirk keltirib olamdagi eng katta zulmni sodir etganlar. Bu toifa zolimlar har nechuk jazoga loyiqdirlar.

«Zolimlarni mana shunday jazolaymiz».

Kofirlar shu zaylda ketma-ket musiybat, azob-uqubatga duchor boʻlib, doʻzax olovida kuyayotgan bir paytda, moʻminlar butkul oʻzgacha holatda boʻladilar: