QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят49

أَهَـٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمْتُمْ لَا يَنَالُهُمُ ٱللَّهُ بِرَحْمَةٍ ۚ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yo`q va siz xafa ham bo`lmaysiz, deyildi-ku!» – derlar.Сизлар «Аллоҳ уларга раҳмат етказмас», деб қасам ичганингиз ана уларми?! (Уларга): Жаннатга киринглар! Сизга хавф йўқ ва сиз хафа ҳам бўлмайсиз, дейилди-ку!» – дерлар.Alauddin Mansour: Sizlar: «Alloh ularga biron rahmat-marhamat yetkazmaydi, deb qasam ichgan kishilar ana u (hayoti dunyodan kambagʻal-bechoralik bilan oʻtgan moʻmin-musulmon)larmi? (Axir ularga) «Sizlar uchun hech qanday xavf-xatar yoʻq va sizlar hech gʻamgin boʻlmaysizlar» (deyildi-ku)?!Сизлар: «Аллоҳ уларга бирон раҳмат-марҳамат етказмайди, деб қасам ичган кишилар ана у (ҳаёти дунёдан камбағал-бечоралик билан ўтган мўмин-мусулмон)ларми? (Ахир уларга) «Сизлар учун ҳеч қандай хавф-хатар йўқ ва сизлар ҳеч ғамгин бўлмайсизлар» (дейилди-ку)?!

156-sahifa · 8-juz · 16-hizb156-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَهَـٰٓؤُلَآءِana shularmiана шулармиٱلَّذِينَular haqidakiулар ҳақидакиأَقْسَمْتُمْqasam ichgan edingizқасам ичган эдингизلَاemasэмасيَنَالُهُمُularga yetkazadiуларга етказадиٱللَّهُAllohАллоҳبِرَحْمَةٍ ۚrahmatраҳматٱدْخُلُوا۟kiringlarкирингларٱلْجَنَّةَjannatgaжаннатгаلَاyoʻqйўқخَوْفٌxavfхавфعَلَيْكُمْsizgaсизгаوَلَآva emasва эмасأَنتُمْsizlarсизларتَحْزَنُونَxafa boʻlursizхафа бўлурсиз
TafsirТафсир

Yaʼni, keyin ularning nigohi hayoti dunyoda siymolari tanish boʻlgan odamlarning doʻzaxda azoblanayotganiga tushadi. Shunda Aʼrof ahli ularga bu dunyodagi amallarini eslatib, ayni hollariga achinadilar va achchiq nido qiladilar:

«Toʻplaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!»

Moddiy dunyoda har bir ishni jamlagan mol-dunyoingiz tufayli oson hal qilar edingiz. Molu dunyo boʻlsa, istagan narsani bajarish mumkin, degan xayolda edingiz. Bugun qiyomat sahnida jamlagan molingiz asqotmabdi-ku?! Uning yordamida doʻzax azobidan qutula olmabsiz-ku?! Bu dunyodan kibru havo bilan oʻtdingiz, hamma narsa meniki, deb daʼvo qildingiz, men oʻzim zoʻr boʻlganimdan shunday boʻldi, deb puch xayollarga bordingiz, agar qiyomat qoyim boʻlsa ham, ustalik qilib ishimni oʻnglab olaman, deb gumon qildingiz, endi nima boʻldi? Holingiz chatoq-ku?! Kibru havoingiz asqotmabdi-ku?

«Sizlar: «Alloh ularga rahmat yetkazmaydi», deb qasam ichganingiz ana ularmi?!»

Bu soʻzlarni Aʼrof ahli bu dunyoda bechorahol, zaif yashab oʻtib, oqibat jannatga doxil boʻlgan kishilarga ishoratan doʻzaxiylarga aytadilar. Qurʼoni Karim nozil boʻlayotgan saodat asrida kofirlar xuddi shunday deganlar. Ular bu daʼvodan hozir ham kechganlari yoʻq. Ammo, hammalari ham qiyomatda ushbu itobga oʻxshash itobni eshitishlari turgan gap. Kofirlar jahannam azobini chekib, hollari tang boʻlib turganda ushbu taʼnani eshitib hollari yana ham badtar boʻladi.

Ular moʻmin kishilarni hayoti dunyodagi zaif hollari uchun nazar-pisand qilmas edilar. Dunyo va bashar taqdirini oʻz oʻlchovlari bilan oʻlchab, bordi-yu qiyomat qoʻpsa va unda jannat haqiqatda bor boʻlib, Alloh baʼzi bir odamlarni rahmat qiladigan boʻlsa, unda, albatta, bizni rahmat qiladi, anavi zaiflarga rahmat qiladimi, derdilar. Ularning ishonchlari shu darajada kuchli ediki, bu gaplarini tasdiqlash uchun qasam ham ichgan edilar.

Xoʻsh, endi nima boʻldi?! Oʻsha siz nazar-pisand qilmaganlar ana ularmi?! Jannatda yurishibdi-ku? Alloh ularga rahmat qilibdi-ku?!

«(Ularga): «Jannatga kiringlar! Sizga xavf yoʻq va siz xafa ham boʻlmaysiz», deyildi-ku!»

Bu dashnomlarga qarshi doʻzax ahlida javob yoʻq. Bu dunyodagi kibru havo, gerdayishlari ham abas. Ahvollari ogʻir. Doʻzax borgan sari qizib bormoqda. Ichgani bir tomchi suv yoʻq. Jannat ahliga maza, ostlaridan muzdek suv oqib turibdi. Ichaman desalar, anvoyi sharoblar muhayyo. Ulardan suv soʻralsa, qandoq boʻlar ekan?