وَنَادَىٰٓ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ أَصْحَـٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَنْ أَفِيضُوا۟ عَلَيْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ أَوْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ ۚ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَهُمَا عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Do`zax egalari jannat egalariga: «Bizga ham suvdan yoki Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan to`kinglar», – deb nido qilarlar. Ular: «Albatta, Alloh bularni kofirlarga harom qilgan.Дўзах эгалари жаннат эгаларига: «Бизга ҳам сувдан ёки Аллоҳ сизга ризқ қилиб берган нарсадан тўкинглар», – деб нидо қиларлар. Улар: «Албатта, Аллоҳ буларни кофирларга ҳаром қилган.Alauddin Mansour: Doʻzax egalari jannat egalariga: «Bizlarga ham suvdan yo Alloh sizlarni bahramand qilgan narsalardan toʻkinglar», deb nido qilganlarida, ular: «Alloh bu neʼmatlarini kofirlarga harom qilgandir», dedilar.Дўзах эгалари жаннат эгаларига: «Бизларга ҳам сувдан ё Аллоҳ сизларни баҳраманд қилган нарсалардан тўкинглар», деб нидо қилганларида, улар: «Аллоҳ бу неъматларини кофирларга ҳаром қилгандир», дедилар.
Koʻrinib turibdiki, doʻzax ahli faqat moddiy azobgagina emas, maʼnaviy azobga ham bardavom giriftor boʻlib turar ekanlar. Ular hozirgina «Aʼrof egalari»dan dashnom eshitgan edilar. Endi esa jannat ahlidan suv va neʼmatlar soʻrab, ularning oʻrniga ham dashnom olmoqdalar. Jannat ahli ularga bu dunyodagi qilmishlarini eslatib qoʻyishyapti:
«Albatta, Alloh bularni dinlarini oʻyin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo gʻururiga ketgan kofirlarga harom qilgan».
Darhaqiqat, doʻzaxiylari bu dunyoda qiyomatni hech qachon oʻylagan emaslar. Ularning muqaddas dinni anchayin oʻyin-kulgi qilishlari, hayoti dunyo gʻururiga ketishlari ham ushbu Kunni, yaʼni oxiratni unutib qoʻyganlaridan. Suhbat shu yerga yetganida, Alloh taolo ham gapga aralashadi:
«Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor boʻlishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz».
Yaʼni, ularning muomalasiga mos muomala qilamiz. Bu ham katta maʼnaviy azob. Bu dunyoda insonga oʻzidan yuqoriroq martabadagi tanish bir inson begonalarcha muomala qilsa, gʻoyat ogʻir maʼnaviy holat yuzaga keladi? U dunyoda, qiyomat kuni, Alloh taoloning bunday muomalasini va osiy bandaning ahvolini tasavvur qilib olavering.
Alloh taolo soʻzida davom etib yana quyidagilarni aytadi: