QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят60

قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni ko`ryapmiz», – dedilar.Унинг қавмидан бўлган зодагонлар: «Албатта, биз сенинг очиқ-ойдин залолатда эканингни кўряпмиз», – дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda) uning qavmidan (zodagon) odamlar: «Biz sening ochiq zalolatda ekanligingni koʻrmoqdamiz», deyishdi.(Шунда) унинг қавмидан (зодагон) одамлар: «Биз сенинг очиқ залолатда эканлигингни кўрмоқдамиз», дейишди.

158-sahifa · 8-juz · 16-hizb158-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdedilarдедиларٱلْمَلَأُzodagonlarзодагонларمِن-dan-данقَوْمِهِۦٓuning qavmidanунинг қавмиданإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизلَنَرَىٰكَseni koʻryapmizсени кўряпмизفِى-da-даضَلَـٰلٍۢzalolatdaзалолатдаمُّبِينٍۢochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Har bir qavmning oʻz zodagonlari boʻladi. Ularni zodagon qilgan ularning mol-dunyosi, puli, kuch-qudrati, makkorligi va ustomonligi boʻladi. Bu zotlar qavm nomidan gapirish haqqini oʻzlariga oʻzlari berganlar. Shu toifa zodagonlar Nuh alayhissalom qavmlarida ham bor edi.

Ular Nuh alayhissalomning daʼvatini eshitishlari bilan darhol oʻylamay-netmay, qavm nomidan:

«Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni koʻryapmiz», – dedilar.

Kofirlar har qachon iymon, din va diyonatni zalolat deb nomlaydilar. Ularga Allohning hidoyatini olib kelgan Nuh alayhissalomga: «Sen ochiq-oydin zalolatdasan»,–deyishmoqda. Ulardan keyingi kofirlar ham shu gaplarni muqarrar takrorladilar. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ham xuddi shu gapni aytdilar. Bugun ham oʻsha zodagonlar zotiga mansub makkor kimsalar dindorlarga nisbatan bu gaplarni aytib kelmoqdalar. Vaqti kelib, «Din xalqlar uchun afyundir»; dindorlikni «eskilik sarqiti»; dindorni «ongi zaharlangan shaxs» deyishdi. Dinga dunyodagi barcha salbiy sifatlarni berishdi. Dindorni dunyodagi eng jirkanch shaxs sifatida koʻrsatishga urinishdi. Hozir ham ahvol shu. Faqat, burungi zamondagi kabi qoʻpol va sharmandali uslubda emas, munofiqlik uslubida qilishmoqda. Din yaxshi narsa, biz uni hurmat qilamiz, ammo din jamiyatning qalbida boʻlishi kerak, dindorlarni ham hurmat qilamiz, ammo bu «hurmatli dindor» dinini qalbida saqlasin, deyishmoqda.

Oʻz qavmidan bunday nomaʼqul gaplarni eshitgan Nuh alayhissalom: