QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят75

قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِمَنْ ءَامَنَ مِنْهُمْ أَتَعْلَمُونَ أَنَّ صَـٰلِحًا مُّرْسَلٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلَ بِهِۦ مُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar zaifhol bo`lganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Payg`ambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar. Ular: «Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», – dedilar.Унинг қавмидан мутакаббир бўлган зодагонлар заифҳол бўлганлардан иймон келтирганларига: «Солиҳни Роббидан Пайғамбар қилиб юборилган, деб билмоқдамисиз?!» – дедилар. Улар: «Албатта, биз у ила юборилган нарсага иймон келтирувчилармиз», – дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda) uning qavmidan boʻlgan mutakabbir kimsalar bechoralariga — ularning oralaridagi moʻmin boʻlgan zotlarga: «Solihni Parvardigori tarafidan yuborilgan paygʻambar deb bilurmisiz?», deyishdi. Ular aytdilar: «Albatta, biz uning vositasida yuborilgan narsaga (dinga) iymon keltirguvchimiz».(Шунда) унинг қавмидан бўлган мутакаббир кимсалар бечораларига — уларнинг ораларидаги мўмин бўлган зотларга: «Солиҳни Парвардигори тарафидан юборилган пайғамбар деб билурмисиз?», дейишди. Улар айтдилар: «Албатта, биз унинг воситасида юборилган нарсага (динга) иймон келтиргувчимиз».

160-sahifa · 8-juz · 16-hizb160-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdedilarдедиларٱلْمَلَأُzodagonlarзодагонларٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиٱسْتَكْبَرُوا۟mutakabbir boʻlganмутакаббир бўлганمِن-dan-данقَوْمِهِۦuning qavmidanунинг қавмиданلِلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаٱسْتُضْعِفُوا۟zaifhol boʻlganlargaзаифҳол бўлганларгаلِمَنْyaʼni oʻshalargaяъни ўшаларгаءَامَنَiymon keltirganиймон келтирганمِنْهُمْulardanуларданأَتَعْلَمُونَdeb bilmoqdamisiz?!деб билмоқдамисиз?!أَنَّ-ki-киصَـٰلِحًۭاSolihniСолиҳниمُّرْسَلٌۭPaygʻambar qilib yuborilganПайғамбар қилиб юборилганمِّن-dan-данرَّبِّهِۦ ۚRobbidanРоббиданقَالُوٓا۟dedilarдедиларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизبِمَآnarsagaнарсагаأُرْسِلَyuborilganюборилганبِهِۦu ilaу илаمُؤْمِنُونَiymon keltiruvchilarmizиймон келтирувчилармиз
TafsirТафсир

Yana odatdagi hol. Yana zodagonlar Paygʻambarga va uning daʼvatiga qarshi. Biz «zodagonlar» deb tarjima qilayotganimiz arab tilida «al-Malʼu» deb yuritiladi. Al-Malʼu boy va amaldorlar toifasidir. Maʼlumki, bu guruh har doim, har qavmda dinga qarshi chiqguvchi toifa hisoblanadi. Ular jamiyatda tutib turgan mavqelaridan ajralib qolish xavfi tufayli bu ulugʻ zulmga qoʻl uradilar. Ular dinga qarshi turib, boshqalarni ham bu yoʻldan qaytarmoqqa jiddu jahd qiladilar. Oldingi Paygʻambarlarga zodagonlar qanday munosabatda boʻlganlarini oʻtgan ikki qissa davomida koʻrdik. Samud qavmi misolida esa, zodagonlarning moʻminlar jamoasiga nisbatan boʻlgan munosabatlarini koʻrmoqdamiz.

Ular:

«zaifhol boʻlganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Paygʻambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar».

Ular bu gapni vaziyatni bilish uchun emas, moʻminlarga tahdid solish maqsadida aytdilar. Va moʻminlik sharafiga muyassar boʻlgan zohiran qashshoqlardan:

«Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», degan javobni eshitdilar.

Avval chindan ham zaifhol boʻlgan kishilar Allohga iymonlari tufayli batamom oʻzgardilar. Endi, ular zodagonlarga tik boqib gapirish, iymonlari ila gʻururlanish maqomiga yetdilar.

Shunda, zodagonlar ham niyatlarini oshkor qildilar: