فَعَقَرُوا۟ ٱلنَّاقَةَ وَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ وَقَالُوا۟ يَـٰصَـٰلِحُ ٱئْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, tuyani so`ydilar, Robbilari amrida tajovuzkorlik qilishdi va: «Ey Solih, agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.Бас, туяни сўйдилар, Роббилари амрида тажовузкорлик қилишди ва: «Эй Солиҳ, агар ростгўйлардан бўлсанг, бизга ваъда қилаётган нарсангни келтир!» – дедилар.Alauddin Mansour: Keyin tuyani soʻyib yuborishdi va Parvardigorlarining amridan yuz oʻgirishdi, soʻng: «Ey Solih, agar paygʻambarlardan boʻlsang, bizga vaʼda qilgan narsangni (yaʼni, Allohning azobini) keltir-chi?», deyishdi.Кейин туяни сўйиб юборишди ва Парвардигорларининг амридан юз ўгиришди, сўнг: «Эй Солиҳ, агар пайғамбарлардан бўлсанг, бизга ваъда қилган нарсангни (яъни, Аллоҳнинг азобини) келтир-чи?», дейишди.
Allohning, tuyani tek qoʻyinglar, unga yomonlik yetkazmanglar, degan amriga qasdma-qasd uni oʻldirdilar. Kufrda haddan oshdilar. Boz ustiga:
«Ey Solih, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar».
Yaʼni, iymon keltirmasangiz, tuyaga zulm qilsangiz, Allohning gʻazabiga uchraysiz, demoqdasan, qani, oʻsha vaʼda qilayotgan azobingni keltir, deyishdi.