وَٱلْوَزْنُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ ۚ فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan(amal)lari og`ir kelsa, ana o`shalar najot topguvchilardir.Ўша куни (амалларни) тортиш ҳақдир. Бас, кимнинг тортилган(амал)лари оғир келса, ана ўшалар нажот топгувчилардир.Alauddin Mansour: (Amallarni) toʻgʻri tortishlik oʻsha Kuni boʻlur. Bas, kimning tortilgan (yaxshi amallari) ogʻir kelsa, ana oʻshalar najot topguvchilardir.(Амалларни) тўғри тортишлик ўша Куни бўлур. Бас, кимнинг тортилган (яхши амаллари) оғир келса, ана ўшалар нажот топгувчилардир.
Qiyomat kuni faqat savol-javob bilan kifoyalanib qolinmaydi. Balki undan ham daqiqroq ishlar boʻladi. Har bir insonning qilgan amallari taroziga solib tortiladi. Bu tarozi aniq ishlaydigan tarozi boʻlib, zarraning ogʻirligini ham sezadi. Ana oʻsha tortishda kimning amallari ogʻir kelsa, u najot topadi, jannatga kiradi.