وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُم بِمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يَظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kimning tortilgan (amal)lari yengil kelsa, bas, ana o`shalar Bizning oyatlarimizga zulm qilib, o`zlariga ziyon etganlardir.Ва кимнинг тортилган (амал)лари енгил келса, бас, ана ўшалар Бизнинг оятларимизга зулм қилиб, ўзларига зиён этганлардир.Alauddin Mansour: Kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil boʻlsa, bas, ular (Bizning oyatlarimizni inkor qilish bilan) zulm qilib oʻtganlari sababli oʻzlariga ziyon qilgan kimsalardir.Кимнинг тортилган (яхши амаллари) енгил бўлса, бас, улар (Бизнинг оятларимизни инкор қилиш билан) зулм қилиб ўтганлари сабабли ўзларига зиён қилган кимсалардир.
Qiyomatda tortilgan amallari yengil keladiganlar kofir, mushrik va gunohkorlardir. Ular kofirliklari, mushrikliklari va gunohkorliklari bilan faqat oʻzlariga ziyon qiladilar. Oʻzlariga oʻzlari ziyon qildilarmi, endi, oʻzlaridan koʻraversinlar. Axir, ular Allohning oyatlariga zulm qilgan, yaʼni shirk keltirgan edilar.
Aslida, iymon keltirib, musulmon boʻlib yashamoqlari lozim edi. Chunki, Alloh ularga kelasi oyatlarda zikr qilinadigan neʼmatlarni bergan edi: