وَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَخْرِجُوهُم مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qavmning javobi: «Ularni qishlog`ingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza bo`laveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.Қавмнинг жавоби: «Уларни қишлоғингиздан чиқариб юборинг, чунки улар жуда ҳам покиза бўлаверадиган одамлар экан», дейишларидан бошқа нарса бўлмади.Alauddin Mansour: Qavmning javobi esa faqat mana bundan iborat boʻldi: «Ularni (yaʼni, Lut va tobeʼlarini) qishlogʻingizdan chiqarib yuboringiz! Chunki ular haddan ortiq pokiza odamlar ekan».Қавмнинг жавоби эса фақат мана бундан иборат бўлди: «Уларни (яъни, Лут ва тобеъларини) қишлоғингиздан чиқариб юборингиз! Чунки улар ҳаддан ортиқ покиза одамлар экан».
Insofni koʻring. Inson tabiatiga muvofiq ish qilgan, halolu pok boʻlib, boshqalarni pokizalikka chaqirgan kishilar yurtlaridan ixroj qilinar ekanlar. Ularning «ayblari» bitta–juda ham pokiza odam boʻlganliklari. Insoniylik qiyofasini yoʻqotgan qavm shu darajaga yetar ekan-da. Oʻzlari insoniyat boʻyniga tavqi laʼnat boʻlib osiladigan amallarni tap tortmay qilayotganlari yetmaganidek, ularga oʻxshashni xohlamagan, insonligini yoʻqotmagan, Allohning amrida yurishga harakat qilganlarni pokizalikda ayblaydilar.
Bu doimo roʻy berib kelayotgan hol.