فَأَنجَيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, unga va ahliga najot berdik. Magar xotini halok bo`lguvchilardan bo`ldi.Бас, унга ва аҳлига нажот бердик. Магар хотини ҳалок бўлгувчилардан бўлди.Alauddin Mansour: Bas, unga va ahliga (yaʼni, Lut va unga tobeʼ boʻlgan zotlarga) najot berdik. Magar uning xotini (najot topmadi, chunki u Allohning azobida) qolib halok boʻlguvchilardan edi.Бас, унга ва аҳлига (яъни, Лут ва унга тобеъ бўлган зотларга) нажот бердик. Магар унинг хотини (нажот топмади, чунки у Аллоҳнинг азобида) қолиб ҳалок бўлгувчилардан эди.
Allohning mustaqiym yoʻlidan chekinib, shahvat va zalolatga berilgan qavmning isloh boʻlishi qiyin. Lut qavmidan hech kim iymonga kelmadi. Paygʻambarga faqat uning oila aʼzolarigina iymon keltirdilar. Ammo, ularning orasidan ham eng yaqin kishisi–xotini iymon keltirmadi. Oqibatda, u jinoyatkor qavmga qoʻshilib halok boʻldi.