QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят86

وَلَا تَقْعُدُوا۟ بِكُلِّ صِرَٰطٍ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ كُنتُمْ قَلِيلًا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har ko`chada o`tirib olib qo`rqitmang. Allohning yo`lidan Unga iymon keltirganlarni to`smang va u(yo`l)ning egri bo`lishini istamang. Oz bo`lgan chog`ingizda sizni ko`paytirib qo`yganini eslang. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling.Ҳар кўчада ўтириб олиб қўрқитманг. Аллоҳнинг йўлидан Унга иймон келтирганларни тўсманг ва у(йўл)нинг эгри бўлишини истаманг. Оз бўлган чоғингизда сизни кўпайтириб қўйганини эсланг. Бузғунчиларнинг оқибати қандай бўлганига назар солинг.Alauddin Mansour: Har koʻchada (odamlarni) qoʻrqitib va Allohga iymon keltirgan zotlarni Uning yoʻlida toʻsib hamda u yoʻlni buzishga harakat qilib oʻtirmangiz! Ozchilik (yaʼni, kuch-quvvatsiz, nochor) boʻlgan paytingizda sizlarni koʻpaytirganini (yaʼni, kuch-qudratli, aziz qilganini) eslang va buzgʻunchi kimsalarning oqibati (qismati) qanday boʻlganini koʻring.Ҳар кўчада (одамларни) қўрқитиб ва Аллоҳга иймон келтирган зотларни Унинг йўлида тўсиб ҳамда у йўлни бузишга ҳаракат қилиб ўтирмангиз! Озчилик (яъни, куч-қувватсиз, ночор) бўлган пайтингизда сизларни кўпайтирганини (яъни, куч-қудратли, азиз қилганини) эсланг ва бузғунчи кимсаларнинг оқибати (қисмати) қандай бўлганини кўринг.

161-sahifa · 8-juz · 16-hizb161-саҳифа · 8-жуз · 16-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَقْعُدُوا۟oʻtirib olingўтириб олингبِكُلِّharҳарصِرَٰطٍۢkoʻchadaкўчадаتُوعِدُونَqoʻrqitibқўрқитибوَتَصُدُّونَva toʻsibва тўсибعَن-dan-данسَبِيلِyoʻlidanйўлиданٱللَّهِAllohningАллоҳнингمَنْkimsalarniкимсаларниءَامَنَiymon keltirganиймон келтирганبِهِۦUngaУнгаوَتَبْغُونَهَاva uni istabва уни истабعِوَجًۭا ۚegri boʻlishiniэгри бўлишиниوَٱذْكُرُوٓا۟va eslangва эслангإِذْoʻshandaўшандаكُنتُمْboʻlgan chogʻingizdaбўлган чоғингиздаقَلِيلًۭاozозفَكَثَّرَكُمْ ۖsizni koʻpaytirib qoʻyganiniсизни кўпайтириб қўйганиниوَٱنظُرُوا۟va nazar solingва назар солингكَيْفَqandayқандайكَانَboʻldiбўлдиعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلْمُفْسِدِينَbuzgʻunchilarningбузғунчиларнинг
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyati karimalarda avvalo Shuayb alayhissalomni Madyanga Paygʻambar qilib yuborganini, keyin esa, u kishining oʻz qavmlariga qilgan pandlarini keltirmoqda. Shuayb alayhissalom ham Ibrohim alayhissalomning zurriyotlaridandir. Madyan, aslida, Ibrohim alayhissalomning oʻgʻillaridan birining nomi boʻlib, keyinchalik undan tarqagan qabilaning va ular yashaydigan diyorning nomi boʻlib qolgan. Madyanliklar ham asli arablar boʻlib, ularning yerlari Aqaba qoʻltigʻidan Turi Sinoga qadar choʻzilgan.

Shuayb alayhissalom ham Paygʻambar boʻlganlaridan boshlaboq avval oʻtgan Paygʻambarlar oʻz qavmlariga takror-takror aytgan soʻzlarni oʻz qavmlariga eslatdilar:

«Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan oʻzga iloh yoʻq».

Soʻngra, har bir Paygʻambarning risolati oʻzi hujjat boʻlishiga qaramay, uning buyuk maqomini tasdiqlovchi boshqa hujjat ham berish Allohga xos ekani va unga ham (yaʼni Shuaybga) ilohiy hujjat berilganini taʼkidlab:

«Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi»,–dedilar.

Ammo, oyatda Shuayb alayhissalomga berilgan hujjat–moʻʼjiza nima ekanligi aytilmagan.

Soʻngra, Hazrati Shuayb oʻz qavmlaridagi bosh nuqsonlardan birini muolaja qilishga oʻtib:

«Bas, oʻlchov va tarozuni toʻliq ado eting, odamlarning narsalaridan urib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzgʻunchilik qilmang»,–dedilar.

Shuayb alayhissalomning qavmi koʻproq amaliy shirkka mubtalo boʻlganga oʻxshaydi. Chunki, Paygʻambar alayhissalom ularni muomala ishlarida Allohning buyrugʻini ado etmay, boshqaning amrini bajarishdan qaytarishlari oʻlchov va tarozudan urib qolib, birovlarning haqqini yeyishdan ogohlantirishlari shunga dalolat qilmoqda. Bu va bu kabi, Alloh yoʻriqlarini chetlab, boshqa yoʻlga yurish Alloh taolo yer yuzini isloh qilib qoʻyganidan keyin uni buzishdan iborat ekaniga ishora etib Shuayb alayhissalom oʻz qavmlariga:

«va yer yuzida uning islohidan keyin buzgʻunchilik qilmang», demoqdalar.

Yer yuzida Alloh amriga nomuvofiq qilingan har bir amal buz-gʻunchilikdir. Bunday amallarni qilish moʻmin insonga hech xos emas. Moʻmin inson hayoti davomida faqat Allohning amriga amal qilib yashaydi. Bu esa, eng avval oʻzi uchun manfaat va yaxshiliklar keltiradi.

«Agar moʻmin boʻlsangiz, shunday qilmogʻingiz oʻzingiz uchun yaxshidir».

Soʻngra, Shuayb alayhissalom oʻz qavmlarining nomaʼqul ishlarini muolaja qilishni davom ettiradilar:

«Har koʻchada oʻtirib olib qoʻrqitmang».

«Koʻcha»dan murod–ham moddiy va ham maʼnaviy yoʻllardir. Madyanliklar har ikki «koʻcha»da ham odamlarni qoʻrqitish bilan mashgʻul boʻlganlari boisdan bu xatarli yoʻldan qaytarilmoqdalar.

«Allohning yoʻlidan Unga iymon keltirganlarni toʻsmang va u (yoʻl)ning egri boʻlishini istamang».

Boshqa haddidan oshgan kofirlar kabi, Madyan qavmi ham oʻzlari Allohning yoʻliga yurmaganlari yetmaganidek, oʻzgalarni ham bu yoʻldan toʻsganlar va Allohning yoʻli oʻzlarining xohishiga binoan turli tomonlarga burilishini istaganlar. Bu juda ham ulkan gunoh hisoblanadi.

Shuayb alayhissalom oʻz qavmlarini gunoh ishlardan qaytarish bilan birga, shoyadki, insofga kelsalar, degan umidda boshqa Paygʻambarlar kabi oʻz qavmlariga Alloh bergan tansiq neʼmatlarni eslatadilar.

«Oz boʻlgan chogʻingizda sizni koʻpaytirib qoʻyganini eslang».

Yaʼni, soningiz oz edi, Alloh taolo ziyoda qildi, molingiz kamchil edi, moʻl ayladi, yaxshiligingiz andak edi, bisyor etdi va hokazo.

Shuningdek, Shuayb alayhissalom oʻz qavmlarini oʻtgan kofirlar oqibatidan ibrat olishga chaqirdilar.

«Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling».

Odatdagidek, Paygʻambar kelganda har bir qavm ikki qarama-qarshi guruhga boʻlinadi. Bir guruh iymonga kelib, ikkinchi guruh kufr keltiradi. Xuddi shunday holat vujudga kelganda, Shuayb alayhissalom oʻz qavmlarini moʻminlarga zulm qilmasdan, urush-janjal chiqarmasdan, eng adolatli yoʻlni tutishga, ularga Allohning hukmi yetib kelguncha sabr qilib kutib turishga chaqirdilar:

«Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan boʻlsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar».

Alloh hukmi orani ochiq qiladi.Alloh hukmi kim haq ekanini adolat ila isbot etadi. Chunki:

«U hukm qiluvchilarning yaxshisidir».

Ammo, jinoyatkor qavm bu oqilona taklifni qabul qilmadi. Sabr qilib, Allohning hukm chiqarishini kutmadi.