QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят89

قَدِ ٱفْتَرَيْنَا عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِى مِلَّتِكُم بَعْدَ إِذْ نَجَّىٰنَا ٱللَّهُ مِنْهَا ۚ وَمَا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّعُودَ فِيهَآ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۚ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا ۚ رَبَّنَا ٱفْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِٱلْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْفَـٰتِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan so`ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg`on to`qigan bo`lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o`z ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi.Агар сизнинг миллатингизга Аллоҳ бизга ундан нажот бергандан сўнг қайтсак, батаҳқиқ, Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиган бўламиз. Биз учун унга қайтиш мутлақо мумкин эмас, магар Роббимиз — Аллоҳ хоҳласагина (мумкин). Роббимиз ҳамма нарсани ўз илми ила қамраб олгандир. Аллоҳга таваккал қилдик. Эй Роббимиз, биз билан қавмимизнинг орамизни ҳақ ила очгин. Сен очувчиларнинг яхшисидирсан», – деди.Alauddin Mansour: Agar Alloh bizga oʻsha diningizdan najot berganidan keyin yana unga qaytsak, Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan boʻlamiz-ku? (yaʼni, aslida boʻlmagan narsalarni Allohga sherik qilgan boʻlamiz-ku?) Biz uchun u dinga qaytish joiz emas, magar Parvardigorimiz — Alloh (bizni yoʻldan ozdirishni) xohlasagina (qaytishimiz mumkin). Parvardigorimizning ilmi hamma narsani qamrab olgandir. Allohning Oʻziga tavakkul qildik (suyandik). Parvardigoro, biz bilan qavmimiz oʻrtasida haq hukm qilgaysan. Oʻzing hukm qilguvchilarning yaxshirogʻidirsan».Агар Аллоҳ бизга ўша динингиздан нажот берганидан кейин яна унга қайтсак, Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиган бўламиз-ку? (яъни, аслида бўлмаган нарсаларни Аллоҳга шерик қилган бўламиз-ку?) Биз учун у динга қайтиш жоиз эмас, магар Парвардигоримиз — Аллоҳ (бизни йўлдан оздиришни) хоҳласагина (қайтишимиз мумкин). Парвардигоримизнинг илми ҳамма нарсани қамраб олгандир. Аллоҳнинг Ўзига таваккул қилдик (суяндик). Парвардигоро, биз билан қавмимиз ўртасида ҳақ ҳукм қилгайсан. Ўзинг ҳукм қилгувчиларнинг яхшироғидирсан».

162-sahifa · 9-juz · 17-hizb162-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدِbatahqiqбатаҳқиқٱفْتَرَيْنَاyolgʻon toʻqigan boʻlamizёлғон тўқиган бўламизعَلَى-ga nisbatan-га нисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًاyolgʻonёлғонإِنْagarагарعُدْنَاqaytsakқайтсакفِى-ga-гаمِلَّتِكُمsizning millatingizgaсизнинг миллатингизгаبَعْدَsoʻngсўнгإِذْoʻshandaўшандаنَجَّىٰنَاbizga najot berganбизга нажот берганٱللَّهُAllohАллоҳمِنْهَا ۚundanунданوَمَاva emasва эмасيَكُونُmumkinмумкинلَنَآbiz uchunбиз учунأَن-ki-киنَّعُودَqaytishimizқайтишимизفِيهَآungaунгаإِلَّآmagarмагарأَن-sa-саيَشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳرَبُّنَا ۚRobbimizРоббимизوَسِعَqamrab olgandirқамраб олгандирرَبُّنَاRobbimizРоббимизكُلَّhammaҳаммаشَىْءٍnarsaniнарсаниعِلْمًا ۚoʻz ilmi ilaўз илми илаعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаتَوَكَّلْنَا ۚtavakkal qildikтаваккал қилдикرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизٱفْتَحْochgin (hukm qilgin)очгин (ҳукм қилгин)بَيْنَنَاbiz bilanбиз биланوَبَيْنَva orasiniва орасиниقَوْمِنَاqavmimizningқавмимизнингبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаوَأَنتَva Senва Сенخَيْرُyaxshisidirsanяхшисидирсанٱلْفَـٰتِحِينَochuvchilarningочувчиларнинг
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatlar mazmunini teran mulohaza qilsak, Shuayb alay- hissalom har bir narsani batafsil, ehtimol, keyin paydo boʻladigan savollarga ham javob boʻladigan tarzda bayon qila oladigan salohiyatga ega Paygʻambar ekanliklarini anglaymiz. Paygʻambar sifatida ilk bor daʼvat qilganlarida ham masalani batafsil bayon etgan edilar. Endi esa:

«Uning qavmidan mutakabbir boʻlgan zodagonlar: «Ey Shuayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni oʻz qishlogʻimizdan chiqaramiz yoki oʻz millatimizga qaytasizlar», deganlarida ham, bosiqlik bilan batafsil javob bermoqdalar. Zodagon kofirlar, odatdagidek, moʻminlarning yoʻliga toʻsiq boʻldilar. Ularga ikki yoʻldan birini ixtiyor etishni taklif qildilar, yaʼni, yoki yurtni tashlab chiqib ketish yoki ota-bobolarning diniga qaytish. Zodagon kofirlarning ikkinchi takliflari alohida muolaja talab qiladi. Shuning uchun ham, Shuayb alayhissalom ularning bu taklifiga oʻz nomlaridan emas, balki moʻmin jamoat nomidan javob bermoqdalar. Shuning uchun, javob davomida oʻz shaxslariga taalluqli boʻlmagan baʼzi gaplarni ham aytishga majbur boʻlmoqdalar. Javoblarida, avvalo, kofirlar takliflaridan ajablanganliklarini izhor etib:

«Garchi yomon koʻruvchi boʻlsak ham-a?!»,–demoqdalar.

Yaʼni, sizning millatingizni–diningizni yomon koʻrib turib ham unga qaytishimiz kerakmi, demoqchilar.

Keyingi oyati karimada esa, nima uchun qaytishlari mumkin emasligini batafsil izohlab:

«Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan soʻng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan boʻlamiz»,–demoqdalar.

Yaʼni, sizning millatingiz–shirk millati, kufr millati, Alloh bizni Oʻz hidoyatiga boshlab, oʻsha jaholat millatlaridan qutqarganidan keyin yana unga qaytsak, yana shirk va kufrga oʻzimizni ursak, Allohga nisbatan ulkan yolgʻon toʻqigan boʻlamiz.

Albatta, Shuayb alayhissalom hech qachon mushrik yoki kofir boʻlmaganlar. Bunday hol Allohning hech bir Paygʻambariga xos emas. U zot yuqoridagi fikrni jamoat nomidan soʻzlayaptilar, vassalom.

«Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz – Alloh xohlasagina (mumkin)».

Yaʼni, biz uchun shirk va kufr millatiga–ortga qaytish mutlaqo mumkin emas. Biz iymon keltirdik va uning lazzatini tatib koʻrdik. Endi faqat bir holatdagina–Alloh bizni adashtirishni iroda qilsagina, ortga qaytishimiz mumkin. Zero, Uning irodasiga hech qachon bas kelib boʻlmaydi. Chunki:

«Robbimiz hamma narsani Oʻz ilmi ila qamrab olgandir».

Alloh jamiki narsani bilib turibdi. Barchaga qilmishiga muvofiq mukofot yoki jazo beradi. Shuning uchun ham, biz:

«Allohga tavakkal qildik».

Kelajakda qilajak jamiki amallarimizni ham Uning Oʻziga topshirdik. Biz faqat Allohga suyanamiz. Sizning tahdid va zoʻrligingiz, soxta xudolaringizdan zarracha hayiqmaymiz, ularga eʼtibor bermaymiz ham.

Shuayb alayhissalom qudrat qayoqdaligini, kimdan madad istash zarurligini yaxshi biladilar. Shuning uchun, Alloh taoloning Oʻziga iltijo qilib:

«Biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi».

Shu yoʻl bilan ishni oʻzining haqiqiy egasi hukmiga havola qilib, iymon va kufr oʻrtasida hukm chiqaruvchi hokimi mutlaqqa murojaat etdilar. Shunda, zodagonlar oʻz tabiatlariga muvofiq tarzda moʻminlarga tahdid qilishga oʻtdilar: