QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят90

وَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لَئِنِ ٱتَّبَعْتُمْ شُعَيْبًا إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qavmidan bo`lgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shu'aybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko`ruvchidirsiz», – dedilar.Унинг қавмидан бўлган, куфр келтирган зодагонлар: «Агар Шуъайбга эргашсангиз, у ҳолда, албатта, зиён кўрувчидирсиз», – дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda uning) qavmidan kofir boʻlgan kimsalar: «Qasamki, agar Shuaybga ergashsanglar, albatta ziyon koʻrguvchi boʻlursizlar», deyishdi.(Шунда унинг) қавмидан кофир бўлган кимсалар: «Қасамки, агар Шуайбга эргашсанглар, албатта зиён кўргувчи бўлурсизлар», дейишди.

162-sahifa · 9-juz · 17-hizb162-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلْمَلَأُzodagonlarзодагонларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِن-dan-данقَوْمِهِۦuning qavmidanунинг қавмиданلَئِنِagarагарٱتَّبَعْتُمْergashsangizэргашсангизشُعَيْبًاShuaybgaШуайбгаإِنَّكُمْalbatta, sizlarалбатта, сизларإِذًۭاu holdaу ҳолдаلَّخَـٰسِرُونَziyon koʻruvchidirsizзиён кўрувчидирсиз
TafsirТафсир

Doimo shunday boʻladi. Dinga dushman boʻlgan zodagonlar, boylar, amaldorlar avval Paygʻambarga yoki uning vorislariga–olimlarga va ergashuvchilarga osiladilar. Unga tahdid solib, turli usullar bilan tanlagan yoʻlidan qaytarishga harakat qiladilar. Bu urinishlari zoye ketgach, moʻminlarni azoblashga, qoʻrqitishga oʻtadilar. Madyan zodagonlari ham Shuayb alayhissalomning daʼvatlarida mustahkam turganlarini koʻrganlaridan keyin, u kishiga ergashgan moʻminlarga tahdid qilib:

«Agar Shuaybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon koʻruvchidirsiz», – dedilar».

Ammo, nima boʻlganda ham oqibat-natijada kufrning holi chatoq boʻladi: