Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
سَأَلَ سَآئِلٌۢ بِعَذَابٍ وَاقِعٍ ﴿١﴾
So'rovchi voqe' bo'luvchi azob haqida so'radi.
لِّلْكَـٰفِرِينَ لَيْسَ لَهُۥ دَافِعٌ ﴿٢﴾
Kofirlarga. Uni daf' qiluvchi yo'qdir.
مِّنَ ٱللَّهِ ذِى ٱلْمَعَارِجِ ﴿٣﴾
U Allohdan — ma'orijlar egasidandir.
تَعْرُجُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ وَٱلرُّوحُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُۥ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ ﴿٤﴾
Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil bo'lgan kunda ko'tarilur.
فَٱصْبِرْ صَبْرًا جَمِيلًا ﴿٥﴾
Bas, chiroyli sabr qil.
إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُۥ بَعِيدًا ﴿٦﴾
Albatta, ular u(qiyomat)ni uzoq deb biladir.
وَنَرَىٰهُ قَرِيبًا ﴿٧﴾
Va Biz uni juda yaqin deb bilurmiz.
يَوْمَ تَكُونُ ٱلسَّمَآءُ كَٱلْمُهْلِ ﴿٨﴾
U kunda osmon xuddi qora moy qoldiqlariga o'xshab qoladir.
وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ ﴿٩﴾
Va tog'lar xuddi titilgan junga o'xshab qoladir.
وَلَا يَسْـَٔلُ حَمِيمٌ حَمِيمًا ﴿١٠﴾
Va yaqin do'st o'z do'stidan so'ramaydir.
يُبَصَّرُونَهُمْ ۚ يَوَدُّ ٱلْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِى مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍۭ بِبَنِيهِ ﴿١١﴾
Ularni ko'rib turadirlar. Gunohkor o'sha kun azobidan qutulish uchun o'z bolalarini ham.
وَصَـٰحِبَتِهِۦ وَأَخِيهِ ﴿١٢﴾
Va xotinini va aka-ukasini ham.
وَفَصِيلَتِهِ ٱلَّتِى تُـْٔوِيهِ ﴿١٣﴾
Va uni o'ziga olgan qabilasini ham.
وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنجِيهِ ﴿١٤﴾
Va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni xohlaydir. So'ngra o'zi najot topsa.
كَلَّآ ۖ إِنَّهَا لَظَىٰ ﴿١٥﴾
Yo'q! Albatta, u(jahannam) kuchli alangadur.
نَزَّاعَةً لِّلشَّوَىٰ ﴿١٦﴾
Boshning terisini sidirib oluvchidur.
تَدْعُوا۟ مَنْ أَدْبَرَ وَتَوَلَّىٰ ﴿١٧﴾
U chaqiradir. Orqaga ketgan va yuz o'girganni.
وَجَمَعَ فَأَوْعَىٰٓ ﴿١٨﴾
Va (molni) yig'ib, berkitganni.
۞ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ خُلِقَ هَلُوعًا ﴿١٩﴾
Albatta, inson «halu'» qilib yaratilgandir.
إِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ جَزُوعًا ﴿٢٠﴾
Agar unga yomonlik yetsa, chidamsizdir.
وَإِذَا مَسَّهُ ٱلْخَيْرُ مَنُوعًا ﴿٢١﴾
Va agar yaxshilik yetsa, ko'p man qiluvchidir.
إِلَّا ٱلْمُصَلِّينَ ﴿٢٢﴾
Illo, namoz o'quvchilargina mustasnodir.
ٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ دَآئِمُونَ ﴿٢٣﴾
Ular namozlarida doim bo'ladiganlardir.
وَٱلَّذِينَ فِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ مَّعْلُومٌ ﴿٢٤﴾
Ularning molu mulklarida ma'lum haqq bordur.
لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ ﴿٢٥﴾
So'rovchi va bechoralar uchundir.
وَٱلَّذِينَ يُصَدِّقُونَ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ ﴿٢٦﴾
Va ular qiyomat kunini tasdiqlaydiganlardir.
وَٱلَّذِينَ هُم مِّنْ عَذَابِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ ﴿٢٧﴾
Va ular o'z Robbilari azobidan qo'rqadiganlardir.
إِنَّ عَذَابَ رَبِّهِمْ غَيْرُ مَأْمُونٍ ﴿٢٨﴾
Albatta, Robbilarining azobidan omonlik yo'qdir.
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَـٰفِظُونَ ﴿٢٩﴾
Va ular o'z farjlarini saqlaydiganlardir.
إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ ﴿٣٠﴾
Illo, o'z xotinlari yoki mulki bo'lganlardan (saqlamasalar), albatta ular malomat qilinmasdir.
فَمَنِ ٱبْتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْعَادُونَ ﴿٣١﴾
Kimki o'shandan o'zgani istasa, bas, ular chegaradan chiqqanlardir.
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَـٰنَـٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ ﴿٣٢﴾
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir.
وَٱلَّذِينَ هُم بِشَهَـٰدَٰتِهِمْ قَآئِمُونَ ﴿٣٣﴾
Va ular guvohliklarini to'g'ri beradiganlardir.
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ ﴿٣٤﴾
Ular namozlarini muhofaza qiladiganlardir.
أُو۟لَـٰٓئِكَ فِى جَنَّـٰتٍ مُّكْرَمُونَ ﴿٣٥﴾
O'shalar jannatlarda hurmatlanadiganlardir.
فَمَالِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قِبَلَكَ مُهْطِعِينَ ﴿٣٦﴾
Kufr keltirganlarga ne bo'ldiki, sen tomon bo'yin cho'zib shoshilmoqdalar?
عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ عِزِينَ ﴿٣٧﴾
O'ng tarafdan va chap tarafdan to'p-to'p bo'lmoqdalar?
أَيَطْمَعُ كُلُّ ٱمْرِئٍ مِّنْهُمْ أَن يُدْخَلَ جَنَّةَ نَعِيمٍ ﴿٣٨﴾
Ulardan har bir kishi na'iym jannatga kiritilishni tama' qilurmi?
كَلَّآ ۖ إِنَّا خَلَقْنَـٰهُم مِّمَّا يَعْلَمُونَ ﴿٣٩﴾
Yo'q! Albatta, Biz ularni o'zlari bilgan narsadan yaratganmiz.
فَلَآ أُقْسِمُ بِرَبِّ ٱلْمَشَـٰرِقِ وَٱلْمَغَـٰرِبِ إِنَّا لَقَـٰدِرُونَ ﴿٤٠﴾
Mashriqlar va mag'riblar Robbisi bilan qasam ichamanki, albatta, Biz qodirmiz.
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ خَيْرًا مِّنْهُمْ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ ﴿٤١﴾
O'rinlariga ulardan yaxshiroqlarini almashtirishga va Biz bu ishni qilishdan ojizmasmiz.
فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا۟ وَيَلْعَبُوا۟ حَتَّىٰ يُلَـٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ ﴿٤٢﴾
Ularni tek qo'y. To va'da qilingan kunga yo'liqqunlaricha (xohlaganlariga) sho'ng'iyversinlar va o'ynayversinlar.
يَوْمَ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ سِرَاعًا كَأَنَّهُمْ إِلَىٰ نُصُبٍ يُوفِضُونَ ﴿٤٣﴾
U kunda xuddi sanamlar(ibodati)ga shoshganlaridek, qabrlaridan shoshib chiqurlar.
خَـٰشِعَةً أَبْصَـٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمُ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يُوعَدُونَ ﴿٤٤﴾
Ko'zlari qo'rqinchga to'lgan, o'zlarini xorlik qoplagan holda tururlar. Bu o'sha, ularga va'da qilingan kundur.