QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'arij surasi · Oyatсураси · Оят1

سَأَلَ سَآئِلٌۢ بِعَذَابٍ وَاقِعٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`rovchi voqe' bo`luvchi azob haqida so`radi.Сўровчи воқеъ бўлувчи азоб ҳақида сўради.Alauddin Mansour: Bir soʻraguvchi kimsa tushguvchi azobni (oʻz ustiga tushishini) soʻradi.Бир сўрагувчи кимса тушгувчи азобни (ўз устига тушишини) сўради.

568-sahifa · 29-juz · 57-hizb568-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَأَلَsoʻradiсўрадиسَآئِلٌۢsoʻrovchiсўровчиبِعَذَابٍۢazob haqidaазоб ҳақидаوَاقِعٍۢvoqeʼ boʻluvchiвоқеъ бўлувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Paygʻambar qilib yuborgandan soʻng, u zot mushriklarni Alloh taoloning azobidan qoʻrqishga chaqiradilar. Shunda mushriklar bir-birlariga: «Muhammaddan soʻranglar-chi, bu azob kimniki va kimga va qachon tushar ekan», deyishgan. Nazr ibn al-Horis ismli mushrik kelib Paygʻambar alayhissalomdan shu savolni soʻraganida, Alloh taolo ushbu oyatni nozil qiladi.

Shunga binoan, yuqoridagi uch oyatning maʼnosi quyidagicha boʻladi:

Nazr ibn al-Horis ismli soʻrovchi Paygʻambardan voqeʼ boʻluvchi azob haqida soʻradi.

U soʻragan azob kofirlarga voqeʼ boʻladi. U azobni hech bir dafʼ qiluvchi yoʻqdir.

U azob Allohdan–maʼorijlar egasidandir.

«Meʼroj» «yuqoriga chiqish joyi» maʼnosini anglatadi. Shundan kelib chiqib va keyingi oyatning maʼnosidan olib, «Maʼorij»ni Islom ulamolari «osmonlar» deb ham tafsir qilganlar.

Lekin eng yaxshi tafsirni kelasi oyatning oʻzi qiladi.