QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят11

يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg`irini yuboradir.«У зот осмондан устингизга кетма-кет барака ёмғирини юборадир.Alauddin Mansour: (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomgʻir quydirur.(Шунда) У зот устларингизга осмондан ёмғир қуйдирур.

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُرْسِلِyuboradirюборадирٱلسَّمَآءَosmondan (yomgʻir)осмондан (ёмғир)عَلَيْكُمustingizgaустингизгаمِّدْرَارًۭاketma-ketкетма-кет
TafsirТафсир

Buyuk vatandoshimiz imom Abul Barakot Nasafiy oʻzlarining mashhur tafsirlari «Madorik»da ushbu oyati karima tafsiriga quyidagi qissani keltiradilar:

Hazrati imom Hasan Basriy oʻz davrlarida bir guruh kishilar bilan suhbatlashib oʻtirganlarida bir odam kelib qurgʻoqchilikdan shikoyat qilibdi, Hazrati imom Hasan Basriy, istigʻfor aytinglar, deb maslahat beribdilar. Ikkinchisi kelib kambagʻallikdan, uchinchisi farzandsizlikdan va hokazo shikoyatlar qilibdilar va barchalariga «istigʻfor aytinglar» degan maslahat aytibdilar. Shunda suhbatdoshlardan Robiyʼ ibn Subayh hazrati Hasan Basriyga murojat qilib: «Ey Imom, sizga turli kishilar turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa hammalariga bir xil javob berdingiz, buning boisi nedur?»–debdi. Hazrati Imom bu savolning javobiga yuqorida keltirilgan oyatlarni oʻqib beribdilar.

Mazkur oyatda istigʻfor va rizqlar bir-biriga bogʻliqligiga ishora qilinmoqda. Qurʼoni Karimning koʻpgina oyatlarida qalb pokligi, dindorlik va hidoyatda yurishdan rizqning moʻlligi, farovonlik va serobchilik kelib chiqishi taʼkidlangan. Jumladan «Aʼrof» surasida: «Agar shahar, qishloq aholisi iymon keltirsalar va taqvodor boʻlsalar, albatta Biz ularga osmonlaru yerdan barakotlarni ochib qoʻyamiz va lekin ular (Paygʻambarni) yolgʻonga chiqardilar, Biz ularni qilgan ishlari tufayli (azobga) oldik...» deyiladi. Shunga oʻxshash oyatlar «Moida», «Hud» va boshqa suralarda ham bor.

Demakki, qaysi xalq Alloh taolodan qoʻrqsa, yaxshi amallarni qilsa, adolat va omonlikni joriy qilsa, Alloh taolo u xalqni yer yuzida peshqadam qilib qoʻyadi. U xalq farovonlik, taraqqiyot va baxtli hayotga erishadi.

Gohida, Allohdan qoʻrqmaydigan, iymonsiz xalqlar ham farovonlikka yetishishi mumkin, lekin bu sinov uchun boʻladi. Keyinroq haqiqiy holat zohir boʻlib, koʻzga koʻrinib turgan faravonlik ortidagi muammolar oshkora boʻla boshlaydi. Bu Alloh taoloning Oʻzidan qaytgan bandalariga yuborgan azobining boshlanishi boʻladi.

Yana Nuh alayhissalomning oʻz qavmlariga qilayotgan xitoblari davom etadi: