QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят9

ثُمَّ إِنِّىٓ أَعْلَنتُ لَهُمْ وَأَسْرَرْتُ لَهُمْ إِسْرَارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (da'vat) qildim.Сўнгра, албатта, мен уларга ошкора ва яширин (даъват) қилдим.Alauddin Mansour: Soʻngra men ularga (oʻz daʼvatimni) ochiq eʼlon ham qildim, pinhona sir qilib ham aytdim.Сўнгра мен уларга (ўз даъватимни) очиқ эълон ҳам қилдим, пинҳона сир қилиб ҳам айтдим.

570-sahifa · 29-juz · 57-hizb570-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَعْلَنتُeʼlon (daʼvat) qildimэълон (даъват) қилдимلَهُمْulargaуларгаوَأَسْرَرْتُva sirriy (daʼvat) qildimва сиррий (даъват) қилдимلَهُمْulargaуларгаإِسْرَارًۭاyashirinchaяширинча
TafsirТафсир

Nuh alayhissalomning tazarru ila zorlanib oʻz Robbisiga qilayotgan nidolaridan koʻrinib turibdiki, u zot alayhissalom oʻz qavmlarini turli usullar bilan dinga chaqirganlar. Keling, u zotning ushbu mashhur nidolarini batafsil oʻrganib chiqaylik.

«Robbim, men oʻz qavmimni kechayu kunduz daʼvat qildim.»

Yaʼni, tinim bilmay, doimiy ravishda, kechasiyu kunduzi dinu diyonatga chaqirdim.

«Mening chaqirigʻim ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi.»

Men ularni Sening diningga qancha koʻp daʼvat qilsam, ular mendan shuncha koʻp qochdilar. Daʼvatim tufayli faqat ularning qochishi ziyoda boʻldi, xolos.

«Va albatta, qachonki men ularni Sening magʻfirat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar...»

Men ularga, kelinglar, Allohga istigʻfor aytinglar, U zot sizlarni magʻfirat qiladi, desam, ular gapimni eshitmaslik uchun panjalarini quloqlariga tiqib, boshlarini kiyimlariga burkab oldilar.

«...hamda (kofirlikda) sobit boʻldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar.»

Ular oʻz kufrlarida oyoq tirab turib oldilar va misli koʻrilmagan katta takabburlik qildilar.

«Soʻngra, albatta, men ularni ochiq daʼvat qildim.»

Maxfiy daʼvatim ish bermagandan keyin men ularni ochiq daʼvat qildim.

Lekin bu ham foyda bermadi.

«Soʻngra, albatta, men ularga eʼlon va sirriy (daʼvat) qildim.»

Shoyadki, ikkovini birga olib borsam, foyda bersa, dedim.

Koʻrinib turibdiki, Nuh alayhissalom oʻz qavmlarini Alloh taoloning diniga daʼvat qilishda barcha imkoniyatlarni ishga solganlar.

Avval maxfiy, keyinroq oshkora, oxirida ham oshkora va ham maxfiy daʼvat qilganlar. Shu bilan birga, ularni qiziqtirish uchun, dindorlikdan bu dunyoning oʻzidayoq keladigan foydalarni ham zikr qilganlar. Buni quyidagi oyatda koʻramiz:

«Bas, oʻz Robbingizga istigʻfor ayting, albatta, U gunohlarni koʻplab magʻfirat qiluvchidir», dedim.»

Istigʻforning lugʻaviy maʼnosi magʻfiratni (gunohning kechirilishini) soʻrashdir. Amalda banda tilida «astagʻfirulloh» va shu maʼnodagi kalimalarni aytib, dil bilan tasdiqlashidir. Umumiy maʼnoda esa, istigʻfor dindorlikni ifoda etadi. Agar bu oyatga amal qilsangiz...