QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят1

قُلْ أُوحِىَ إِلَىَّ أَنَّهُ ٱسْتَمَعَ نَفَرٌ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَقَالُوٓا۟ إِنَّا سَمِعْنَا قُرْءَانًا عَجَبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta jinlardan (bir necha) nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qur'onni eshitdik.Сен айт: «Менга ваҳий қилиндики, албатта жинлардан (бир неча) нафари қулоқ осдилар ва дедилар: «Биз ажойиб Қуръонни эшитдик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (mening Qurʼon tilovat qilganimni) eshitishib, (oʻz qavmlariga qaytib borishgach, dedilar: «Darhaqiqat, bizlar bir ajib Qurʼonni eshitdik.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Менга ваҳий қилиндики, жинлардан бир гуруҳи (менинг Қуръон тиловат қилганимни) эшитишиб, (ўз қавмларига қайтиб боришгач, дедилар: «Дарҳақиқат, бизлар бир ажиб Қуръонни эшитдик.

572-sahifa · 29-juz · 58-hizb572-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтأُوحِىَvahiy qilindiваҳий қилиндиإِلَىَّmengaменгаأَنَّهُ-ki, albatta-ки, албаттаٱسْتَمَعَquloq osdiқулоқ осдиنَفَرٌۭ(bir necha) nafari(бир неча) нафариمِّنَ-dan-данٱلْجِنِّjinlardanжинларданفَقَالُوٓا۟va dedilarва дедиларإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизسَمِعْنَاeshitdikэшитдикقُرْءَانًاQurʼonniҚуръонниعَجَبًۭاajoyibажойиб
TafsirТафсир

Bu oyatda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, aytishlari kerak boʻlgan maʼnoni ham bayon qiladi, yaʼni, yetti nafar jin u kishining qiroatlariga quloq osgani va qavmlariga borib, biz ajoyib Qurʼon eshitdik, deb xabar berganlari haqida aytishni buyuradi.

Demak jinlar Qurʼoni Karim tilovatini eshitishlari bilan bu oddiy soʻz emasligini, dunyoda yangi olamshumul voqea paydo boʻlganligini fahmlab, jinlar hayotida ham katta oʻzgarish boʻlishiga sabab boʻlganini darhol tushunib yetganlar.

Kalasi oyatda mazkur jinlarning oʻz qavmlariga aytgan gaplari davom etadi.