يَهْدِىٓ إِلَى ٱلرُّشْدِ فَـَٔامَنَّا بِهِۦ ۖ وَلَن نُّشْرِكَ بِرَبِّنَآ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U to`g`ri yo`lga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va o`z Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz,У тўғри йўлга ҳидоят қиладир. Бас, биз унга иймон келтирдик ва ўз Роббимизга бировни ширк келтирмасмиз,Alauddin Mansour: Haq yoʻlga hidoyat qiladigan (bir ajib Qurʼonni eshitdik) va darhol unga iymon keltirdik. Bizlar (endi) Parvardigorimizga hargiz biron kimsani sherik qilmasmiz».Ҳақ йўлга ҳидоят қиладиган (бир ажиб Қуръонни эшитдик) ва дарҳол унга иймон келтирдик. Бизлар (энди) Парвардигоримизга ҳаргиз бирон кимсани шерик қилмасмиз».
Jinlar, oʻz aql-farosatlari ila, Qurʼonni tushirgan Alloh ularning Robbilari ekanligi va Unga sherik boʻlishi mumkin emasligini ham tushunib yetadilar. Makka mushriklariga oʻxshab Allohga shirk keltirmasliklarini taʼkidlaydilar.
Jinlarning bu bayonoti, Allohning sherigi bor, xotini, oʻgʻil, qizi bor yoki U bilan jinlar oʻrtasida nasab aloqasi bor, deb buzuq eʼtiqod qiluvchi insonlarga nisbatan qattiq dashnom boʻldi.