وَأَنَّهُۥ تَعَـٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَـٰحِبَةً وَلَا وَلَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, Robbimizning azamati yuksak bo`ldi. U o`ziga xotin va farzand tutgani yo`q.Ва албатта, Роббимизнинг азамати юксак бўлди. У ўзига хотин ва фарзанд тутгани йўқ.Alauddin Mansour: «Albatta buyukligi yuksak boʻlgan Parvardigorimiz biron juft va yo farzand tutgan emasdir.«Албатта буюклиги юксак бўлган Парвардигоримиз бирон жуфт ва ё фарзанд тутган эмасдир.
Bu oyatdagi «farzand tutgani yoʻq» taʼbiri Qurʼoni Karimning moʻʼjizalaridan biridir. Maʼlumki, masiyhiy toifalari Iyso alayhissalomni xudo, xudoning oʻgʻli, deb eʼtiqod qilishadi. Lekin bu toifalarni chuqurroq oʻrgangan kishilar yaqinda biz tafsir qilayotgan oyatlarning moʻʼjizasini kashf qildilar. Masiyhiy toifalar ichida «Adoptiochist» nomli toifa boʻlib, bu toifa eʼtiqodi boʻyicha, Iyso alayhissalom Allohning sulbidan boʻlgan farzandi emas, balki tutingan oʻgʻli, deyilar ekan. Bu toifa va uning aqiydasiga oid hujjatlar 185-milodiy yildan buyon saqlanayotgan ekan. Bundoq daqiq narsalarning farqiga faqat hamma narsani biluvchi Alloh taolo yetmasa, 1400 yil avval yashagan, oʻqish- yozishni bilmagan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam qayerdan yetar edi.