وَأَنَّا مِنَّا ٱلصَّـٰلِحُونَ وَمِنَّا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ كُنَّا طَرَآئِقَ قِدَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, bizdan solihlar ham va boshqalar ham bor. Turli guruhlar bo`lgan edik.Ва албатта, биздан солиҳлар ҳам ва бошқалар ҳам бор. Турли гуруҳлар бўлган эдик.Alauddin Mansour: «Albatta bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek), oramizda undoq emaslar (yaʼni, yomonlar) ham bordir. Bizlar (Qurʼonni eshitishdan ilgari) boʻlak-boʻlak yoʻllarda edik.«Албатта бизларнинг орамизда яхшилар ҳам бордир ва (шунингдек), орамизда ундоқ эмаслар (яъни, ёмонлар) ҳам бордир. Бизлар (Қуръонни эшитишдан илгари) бўлак-бўлак йўлларда эдик.
Yaʼni, jinlar turli firqalarga, dinlarga boʻlingan ekan. Ularning ichida iymonli, solihlari ham bor, iymonsiz, kofirlari ham bor ekan. Bu haqiqatni Qurʼoni Karimni eshitishlari bilan darhol tushunib yetdilar. Qurʼon tarozusi bilan oʻlchab, kim solihu kim adashganligini anglab yetdilar. Ajablanarlisi shuki, jinlar bu haqiqatni juda ham qisqa vaqtda anglab yetishlariga qaramay, insonlarning koʻplari hozirgacha haq yoʻl qolib nohaq yoʻlda bormoqdalar. Oqibati nima boʻlishini esa, hech kim oʻylamaydi.