وَأَنَّا ظَنَنَّآ أَن لَّن نُّعْجِزَ ٱللَّهَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَن نُّعْجِزَهُۥ هَرَبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, biz Allohni yer yuzida ojiz qoldira olmasligimizga va Undan qochib qutula olmasligimizga ishondik.Ва албатта, биз Аллоҳни ер юзида ожиз қолдира олмаслигимизга ва Ундан қочиб қутула олмаслигимизга ишондик.Alauddin Mansour: Albatta bizlar (Qurʼonni eshitganimizdan soʻng) bildikki, Yer yuzida hargiz Allohni ojiz qila olmasmiz (yaʼni, faqat Alloh iroda qilgan ishgina boʻlur) va U zotdan (yaʼni, Uning jazosidan) qochib ham qutula olmasmiz.Албатта бизлар (Қуръонни эшитганимиздан сўнг) билдикки, Ер юзида ҳаргиз Аллоҳни ожиз қила олмасмиз (яъни, фақат Аллоҳ ирода қилган ишгина бўлур) ва У зотдан (яъни, Унинг жазосидан) қочиб ҳам қутула олмасмиз.
Yaʼni, Allohning qudrati ulugʻ, nimani xohlasa qiladi, biz Uning huzurida ojizmiz, hukmiga tobemiz, qancha urinsak ham qochib keta olmaymiz, deyishmoqda. Jinlarni ulugʻlab hamma narsaga qodir deb eʼtiqod qiluvchilar adashganliklariga ishoradir bu.