وَأَنَّا لَمَّا سَمِعْنَا ٱلْهُدَىٰٓ ءَامَنَّا بِهِۦ ۖ فَمَن يُؤْمِنۢ بِرَبِّهِۦ فَلَا يَخَافُ بَخْسًا وَلَا رَهَقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, biz hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Kimki o`z Robbisiga iymon keltirsa, savobi ozayib qolishdan ham, unga og`ir yuk yuklanishidan ham qo`rqmaydi.Ва албатта, биз ҳидоятни эшитган пайтимизда унга иймон келтирдик. Кимки ўз Роббисига иймон келтирса, савоби озайиб қолишдан ҳам, унга оғир юк юкланишидан ҳам қўрқмайди.Alauddin Mansour: Albatta bizlar qachonki Hidoyatni — Qurʼonni eshitgach, unga iymon keltirdik. Bas, kimki Parvardigoriga iymon keltirsa, demak u (yaxshiliklarining) kamayib qolishidan ham, (yomonliklarining) haddan ortib ketishidan ham qoʻrqmas (yaʼni, Parvardigori unga hargiz zulm qilmas, balki qilgan har bir amali uchun munosib jazo-mukofot ato etur).Албатта бизлар қачонки Ҳидоятни — Қуръонни эшитгач, унга иймон келтирдик. Бас, кимки Парвардигорига иймон келтирса, демак у (яхшиликларининг) камайиб қолишидан ҳам, (ёмонликларининг) ҳаддан ортиб кетишидан ҳам қўрқмас (яъни, Парвардигори унга ҳаргиз зулм қилмас, балки қилган ҳар бир амали учун муносиб жазо-мукофот ато этур).
Ha, Qurʼonga oshno boʻlish, uni tinglash, oʻqish, maʼnosini tushunish iymonga sabab boʻladigan amallardandir. Albatta, eʼtibor qulogʻi bilan Qurʼon tilovatini tinglash juda ham foydali.
Jazoirda boʻlib oʻtgan ilmiy anjumanlardan birida, olimlardan biri Amerikada oʻtkazilgan tajriba haqida maʼruza qildi. Tajribachilar toʻrt kishini tanlashgan: biri arab, musulmon, yaʼni, oʻzi arab millatiga mansub va oʻz tilini yaxshi biladi va shu bilan birga, Qurʼonga eʼtiqodi bor musulmon.
Ikkinchisi musulmonmas arab, Qurʼon tilini yaxshi biladi, lekin unga eʼtiqodi yoʻq.
Uchinchisi arabmas, musulmon, yaʼni, arab tilini tushunmaydi, lekin Qurʼoni Karimni ilohiy kitob deb, eʼtiqod qiladi.
Toʻrtinchisi arab ham emas, musulmon ham emas, yaʼni Qurʼonga na til jihatidan va na eʼtiqod jihatidan aloqasi bor shaxs.
Eng yangi zamonaviy asboblarda toʻrtovlarining ruhiy oʻzgarishlari tekshirilgan. Shunda Qurʼoni Karim tilovatini eshitgan bu toʻrttala shaxs ruhida bir xil oʻzgarishlar roʻy berganligini asboblar qayd etadi.
Qurʼon haqiqiy ilohiy kitobligi yana bor taʼkidlandi.
Mazkur oyatda jinlar ham eshitishlari bilan taʼsirlanib iymonga kelganliklari oʻzlarining tilidan hikoya qilinmoqdaki, bu bejiz emas. Shu bilan birga, jinlar Allohga iymon keltirishning manfaatlarini ham eslatib oʻtmoqdalar. Oʻz Robbisiga iymoni bor odam savoblari kamayib qolishidan qoʻrqmaydi. Chunki, qilinayotgan ishlarning savobli boʻlishida iymon shart. Shu bilan bir vaqtda, iymonli shaxsga turli ogʻir yuklar, qiyinchiliklar yuklatilmasligi ham taʼkidlanmoqda.